Íîâîñòè


O‘zbekistonda ikki oy ichida 45 ta uyushgan jinoiy guruh fosh etildi

O‘zbekistonda ikki oy ichida 45 ta uyushgan jinoiy guruh aniqlandi, deya ma’dum qildi IIV. 116 ta tovlamachilik, 315 ta qurolni noqonuniy saqlash, 86 ta qimorxona tashkil etish, 40 ta odam savdosi va 790 ta fohishaxona saqlash holatlari fosh etildi. Qidiruvda bo‘lgan 533 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Tramp Kristi Noemni AQSh ichki xavfsizlik vaziri lavozimidan bo‘shatdi

Donald Tramp Kristi Noemni AQSh ichki xavfsizlik vaziri lavozimidan bo‘shatdi, bu - yangi ma’muriyatdagi ilk iste’fo. Noemning o‘rnini senator Markueyn Mallin egalladi. Trampning immigratsiya siyosati doirasida bir qancha AQSh fuqarosi otib o‘ldirilgach, Noemning iste’fosi talab qilinayotgandi.

Xitoy 1991-yildan buyon eng past YIM o‘sish maqsadini belgiladi

Xitoy 2026-yil uchun YIM o‘sishi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichni 4,5% dan 5% gacha bo‘lgan oraliqda belgiladi. Bu Pekin uchun 1991-yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Rasmiylar mamlakat “tashqi zarbalar ichki qiyinchiliklar bilan chirmashib ketgan bunchalik murakkab vaziyatga kamdan kam duch kelganini” ta’kidladi.

715 ming so‘m: O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

O‘zbekistonda 2026-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 715 ming so‘mni tashkil etdi (+6,9 foiz). O‘tgan yili bu miqdor 669 ming so‘m edi. Mamlakatda bu ko‘rsatkich kambag‘allik chegarasini aniqlashda ishlatiladi.

Yaqin Sharqdan jami 9361 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

5-mart soat 10:00 holatiga ko‘ra, 1-martdan beri O‘zbekistonga jami 9361 nafar vatandosh evakuatsiya qilindi. Ularning 8114 nafari Saudiya Arabistonidan, 1192 nafari esa BAAdan olib kelindi. Shuningdek, Erondan 23 nafar, Bahrayndan 25 nafar, O‘mondan esa 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari vatanga keltirildi.

Shofirkon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Mo‘min Amonov Buxoro viloyatining Shofirkon tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar Buxoro shahri hokimi o‘rinbosari - obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Yaqin Sharqda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV

TIV ma’lumotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi vaziyatda 4-mart holatiga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolari orasida halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar yo‘q. Mintaqadagi elchixonalar vaziyatni 24/7 monitoring qilmoqda, fuqarolarga konsullik va moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda, evakuatsiya reyslari tashkil etilmoqda.

YTTB 2026-yil uchun O‘zbekiston YIM o‘sish prognozini 6,5 foizgacha oshirdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston YIM o‘sishi 2026-yilda 6,5 foizgacha, 2027-yilda esa 6 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda. Markaziy Osiyoda o‘rtacha o‘sish sur’ati Qirg‘iziston va Tojikistondagi yirik investitsiya loyihalari hisobiga 5,6 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.

Toshkentda avtobus bekatlaridagi savdo nuqtalari olib tashlanadi

Toshkentda avtobus bekatlarida joylashgan savdo nuqtalari olib tashlanadi. Auditda bekatlar hududida 110 ta savdo obyekti borligi, ulardan 61 tasida tegishli hujjatlar yo‘qligi aniqlangan. Bekatlar yangilanadi, tadbirkorlarga esa boshqa joy ajratish orqali kompensatsiya berilishi mumkin.

Ëó÷øåå

Kuzda bolalar sog‘lom bo‘lishi uchun SSVdan 6 ta tavsiya

Kuz kelgach, ayniqsa, bolalarda immunitet pasayib, shamollash va mavsumiy kasalliklar xavfi ortadi. SSV bu davrda ularning sog‘lig‘ini saqlashda muhim bo‘lgan tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi. Qo‘l gigiyenasi, havoga mos kiyim-kechak, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu tartibiga rioya qilish shular jumlasidan.

Yakshanbadan harorat pasaya boshlaydi

Shanba kuni harorat +30…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanbadan hududlarda havo salqinlasha boshlaydi, harorat +25 darajagacha tushishi mumkin. Keyingi hafta boshida ham O‘zbekistonga salqin havo kirib kelishi davom etadi.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekistonda Agrar sohada to‘lov agentligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab paxta-g‘alla, meva va dukkakli ekinlar bo‘yicha hosilni ixtiyoriy sug‘urtalash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 75 turdagi subsidiyani birlashtiradigan Agrar sohada to‘lov agentligi tashkil etiladi.

Ish haftasida iliq ob-havo saqlanib turadi — O‘zgidromet

O‘zgidrometga ko‘ra, O‘zbekistonda hafta boshida harorat +19…+22 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Chorshanbadan havo biroz pasayib (+15…+18), ba’zi joylarda yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda qor ham yog‘ishi mumkin. Kechalari harorat +3…+8 daraja iliq bo‘ladi.