Íîâîñòè


Navoiyda YTH oqibatida to‘rt kishi vafot etdi

Navoiy viloyati Konimex tumanida 22-fevral kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt kishi vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga quvib o‘tish qoidalarini buzish sabab bo‘lgan.

Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTH oqibatida halok bo‘ldi

Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola yo‘l-transport hodisasi oqibatida voqea joyida halok bo‘ldi. Mintaqadagi vaziyat va transport-logistika bilan bog‘liq cheklovlar tufayli u oilasining roziligi bilan Qatarda dafn etildi. Jarayonga O‘zbekiston elchixonasi ko‘maklashdi.

Prezident 28 nafar qizni Zulfiya mukofoti bilan taqdirladi

O‘zbekiston prezidenti har bir hududdan ikki nafardan xotin-qizni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirladi. Ular orasida yaqinda Garvard universitetidan 100 foizli grant yutgan farg‘onalik Dilafro‘z Sobirova ham bor.

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo bitimi tuzilishi mumkin

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida qo‘shma bayonot imzolandi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish hamda halol sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi

O‘zbekistonliklar 8-mart bayramida necha kun dam oladi?

Bu yil 8-mart bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelish munosabati bilan dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Shu tariqa, besh kunlik ish haftasidagi xodimlar ketma-ket 3 kun, olti kunliklar esa 2 kun dam oladi.

AQSh razvedkasi Ali Xomanaiyning turgan joyini qanday aniqlagan?

AQSh va Isroil razvedka xizmatlari bir necha oy davomida Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyni kuzatib borgan. Markaziy razvedka boshqarmasi oyatulloh va Eron oliy harbiy rahbariyati 28-fevral kuni ertalab uning qarorgohida to‘planishini aniqlagach, Isroil binoga raketa zarbalari bergan.

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi ulushi DABAdan IESga o‘tkaziladi

Taxiatosh IES aksiyalari Davlat aktivlari agentligidan “Issiqlik elektr stansiyalari” davlat kompaniyasiga o‘tkaziladi. 2023-yil sentabridan u Smart Integrity me ishonchli boshqaruvida edi, ammo bu davrda moliyaviy hisobotlar stansiya faoliyatida sezilarli yaxshilanish bo‘lganini ko‘rsatmadi.

Bahor ob-havosi qanday bo‘ladi? Martniki-chi? Gazeta prognozi

O‘zbekistonda joriy bahor ob-havosi harorat bo‘yicha biroz issiqroq va yog‘ingarchilik kesimida quruqroq o‘tishi kutilmoqda. Shunga qaramay, mart oyi biroz sernam, aprel va may quruqroq, harorat bo‘yicha mart mo‘tadil, qolgan ikki oy esa issiqroq bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Gazeta kutilmalari.

Ëó÷øåå

AQSh noimmigratsion viza talablarini kuchaytirdi

AQSh Davlat departamenti noimmigratsion vizalar uchun ariza berish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritdi. Endi talabgorlar o‘zining mamlakatida yoki unga yashash huquqini bergan davlatda hujjat topshirishi kerak.

Yaponiya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi

Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba bir yildan kamroq vaqt o‘tgach, iste’foga chiqishga qaror qildi. Isiba qarorini iyul oyidagi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan Liberal-demokratik partiyasidagi bo‘linishning oldini olish istagi bilan izohladi.

O‘zbekistonda YTHlarni 3D-modellashtirish joriy etiladi

O‘zbekiston prezidenti sud ekspertizasini raqamlashtirish va uning hududlardagi imkoniyatlarini kengaytirish choralarini qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatda YTHlarni 3D-modellashtirish, ekspertizalarning yangi turlarini joriy etish, mustaqil byurolar hamda Sud ekspertlari palatasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Àêòóàëüíîå

Jizzaxda tuman FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

Jizzax viloyatidagi tumanlardan birining favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi. U ikki holatda tadbirkordan 200 dollar va 6 mln so‘m olgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta davomida harorat ko‘tarilishda davom etadi — O‘zgidromet

O‘zgidrometga ko‘ra, yaqin kunlarda O‘zbekiston hududida asta-sekin havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Hafta o‘rtasidan harorat kechki vaqtlarda +4…+7, kunduzi +17…+20 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublikaning aksariyat qismida quruq havo saqlanib turadi.

Narkojinoyatchilik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

O‘zbekistonda ayrim narkojinoyatlar uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilanadi. Giyohvandlik vositalarini jamoat joylarida iste’mol qilganlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi joriy etiladi. Ba’zi jazo choralari 2 barobarga kuchaytiriladi.