Íîâîñòè


Yakshanba kuni harorat +22 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni harorat kechasi +5…+10, kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Shveysariyada aholi sonini cheklash bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Iyunda Shveysariyada migratsiya qoidalarini qattiqlashtirish orqali aholi sonini 10 mln kishigacha cheklash bo‘yicha referendum bo‘ladi. Referendum tarafdorlariga ko‘ra, mamlakatda aholi haddan tashqari ko‘paygani infratuzilma zo‘riqishiga, ijara narxlari oshishiga va mahalliy o‘zlikning yo‘qolishiga olib kelgan.

O‘zbekistonda Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi. 2026-yil 1-sentabrgacha axborot tizimi ishga tushirilib, 2030-yildan faqat milliy bazaga kiritilgan koordinatalardan foydalaniladi. Bu geodeziya, kadastr va xaritalarni yagona standartga o‘tkazadi.

Sudya va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qilish taklifi berildi

O‘zbekistonda sudya va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qilishni yo‘lga qo‘yish, sud tizimida komplayens nazorat tizimini joriy etish taklif etilmoqda. Shuningdek, Sudyalar intizomiy hay’atini tashkil etish orqali sudyaga nisbatan intizomiy jazo qo‘llashning xolis tartibini yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Qirg‘iziston parlamenti spikeri iste’foga chiqdi

Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Turgunbek uulu iste’foga chiqishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, u bunday qarorni “bahs va shubhalarga o‘rin qolmasligi uchun” qabul qilgan. Turgunbek uulu lavozimini tark etishi haqidagi xabarlar MXDQ rahbari Qamchibek Tashiyev ishdan bo‘shatilganidan keyin paydo bo‘lgandi.

Prezident Mir-Akbar Rahmonqulov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident, parlament va hukumat rahbarlari davlat va jamoat arbobi, senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. “U O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha muhim strategik tadqiqotlarga rahbarlik qildi”, - deyiladi unda.

Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi

Qor ko‘chkisi xavfi sababli Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. FVV dovon qachon ochilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berishini ma’lum qildi.

Senator Mir-Akbar Rahmonqulov 74 yoshida vafot etdi

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, senator Mir-Akbar Xodji-Akbarovich Rahmonqulov vafot etdi. U faoliyati davomida Xavfsizlik kengashi kotibi, davlat maslahatchisi, prezident maslahatchisi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.

Qallibek Kamalov vafot etgani aytilmoqda

Sovet davrida Qoraqalpog‘istonga uzoq yillar rahbarlik qilgan Qallibek Kamalov vafot etdi. Uning 100 yillik yubileyiga bir oydan sal ko‘proq vaqt qolgandi.

Metan zapravkalar bosqichma-bosqich odatdagi ish rejimiga qaytadi

O‘zbekiston Energetika vazirligi 11-fevraldan boshlab barcha hududlarda, shu jumladan, Farg‘ona vodiysida metan zapravkalar bosqichma-bosqich odatiy ish rejimiga qaytishni boshlashini ma’lum qildi. 2-fevraldan boshlab ularning ish soati 10:00 dan 16:00 gacha cheklangan edi.

Ëó÷øåå

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarga yetdi

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarga (+19,9 foiz) yetdi. 4,2 mlrd dollar salbiy tashqi savdo balansi qayd etildi. Eksport tarkibida sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari eng katta ulushni egalladi, mashinalar va transport asbob-uskunalari eng ko‘p import qilindi.

Mustaqillik kuni uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmaydi

Bu yil O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan, deb xabar qildi Bandlik vazirligi. Besh kunlik ish haftasidagi xodimlar uch kun dam oladi - 30-avgustdan 1-sentabrgacha, olti kunlikdagilar ikki kun: 31-avgust va 1-sentabr.

Àêòóàëüíîå

Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun tariflar oshiriladi

Toshkent shahar hokimi qarori bilan poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari oshirilmoqda. Aholi uchun narx 15 foizga, yuridik shaxslar uchun 40 foizga, budjet tashkilotlari uchun 18,8 foizga oshadi. Tariflar oxirgi marta 2024-yil 15-noyabrda ko‘tarilgan.

O‘zbekiston YIM 9 oyda 7,6 foizga o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti yanvar-sentabr oylarida 7,6 foizga o‘sdi, bu Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aks etgan. Asosiy o‘sish dinamikasi iste’mol sektori va qurilish sohasi hisobiga shakllanmoqda.

IIO xodimi kimga xizmat qilishi kerak — fuqarogami yo davlatga?

O‘zbekistonda 25-oktabr - ichki ishlar organlari xodimlari kuni. Bayramga yaxshi gaplar yarashadi, albatta. Biroq so‘nggi vaqtlarda bu tizim tubdan islohotga muhtojligi haqidagi fikrlar tobora ko‘paymoqda. Gazeta jamoatchilik faollarining fikrini o‘rgandi.

Voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirildi

Jinoyat kodeksiga yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng sudlanmagan hisoblanadi. Shuningdek, ozodlikni cheklash va mahrum qilish jazolarining eng kam muddati 6 oydan 1 oygacha qisqartirildi.