Íîâîñòè


Hafta davomida havo +25 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda hafta davomida yog‘ingarchilik deyarli kuzatilmaydi. Harorat kunduz kunlari +20…+25 darajagacha isiydi, kechalari +7…+12 daraja atrofida bo‘ladi.

YHXX qanday mashinalar antikvar deb topilishiga izoh berdi

1-fevraldan chiqarilganiga 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlandi. Tartib antikvar avtomobillarlarga tegishli emas. YHXX avtomobilni antikvar deb topilishi uchun qanday talablar borligini tushuntirdi.

Nima o‘qiymiz? Shoira Tillaniso Nuryog‘di tavsiya qiladi

Gazeta va Yandex Books birgalikda jamoat arboblari va adiblarning kitob javonlariga nazar tashlaydi. “Kitob ulashish” kuniga bag‘ishlangan sonda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Tillaniso Nuryog‘di mutolaaning ahamiyati, o‘qishning shaxsiy tanlovga aylangani va o‘zi sevgan kitoblar haqida fikr yuritadi.

Prezident Ohangaron tumaniga tashrif buyuradi

Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga tashrif buyuradi. Davlat rahbari korxonalar faoliyati bilan tanishadi, tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi.

Alhadaya reklamasida qonun buzilgani uchun jarima qo‘llandi

Raqobat qo‘mitasi Alhadaya BFQ reklamasida aniqlangan qonun buzilishi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘lladi. Qo‘mitaga ko‘ra, reklamada mazkur BFQga xos bo‘lmagan ta’sir xususiyatlari tilga olingan va uning “terapevtik samaradorligi va kasalliklarni yengillashtirishi” haqida chalg‘ituvchi ma’lumotlar berilgan.

Yakshanba kuni harorat +22 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni harorat kechasi +5…+10, kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Ëó÷øåå

O‘zbekistonda QQS bo‘yicha bir qator o‘zgartirishlar rejalashtirilmoqda

Prezident QQS ma’murchiligini takomillashtirish va uni qaytarishni nazarda tutuvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni buyurdi. Gap bu soliqni to‘lovchilarni soddalashtirilgan ro‘yxatga olish, marketpleys orqali eksport uchun QQS qaytarish, mehmonxona va tibbiyot biznesini qo‘llab-quvvatlash haqida bormoqda.

Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi. Agentlik operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ustidan tegishli monitoring olib boradi va o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘ladi. Monitoring har oyda kamida 1 marotaba o‘tkaziladi.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarga yetdi

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,4 mlrd dollarga (+19,9 foiz) yetdi. 4,2 mlrd dollar salbiy tashqi savdo balansi qayd etildi. Eksport tarkibida sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari eng katta ulushni egalladi, mashinalar va transport asbob-uskunalari eng ko‘p import qilindi.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekistonlik elektriklar Janubiy Koreyaga ishga taklif qilinmoqda

Workmall xususiy bandlik agentligi o‘zbekistonlik elektriklarni Janubiy Koreyada kemasozlik korxonasiga ishga taklif qilmoqda. Nomzodlar soha bo‘yicha diplomga va ushbu yo‘nalishda 1 yildan ortiq rasmiy ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Oylik maosh 2 571 000 von (1750 AQSh dollari)ga teng.

Mirzaobod tumani sobiq hokimi jinoiy javobgarlikka tortildi

Mirzaobod tumani sobiq hokimi Jonibek Yariyev Sardoba suv omboridagi texnogen ofatdan keyin qurilgan uy-joylarni taqsimlashda qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygani sabab javobgarlikka tortildi. Sud unga tayinlangan 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosini o‘z kuchida qoldirdi.

Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun tariflar oshiriladi

Toshkent shahar hokimi qarori bilan poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari oshirilmoqda. Aholi uchun narx 15 foizga, yuridik shaxslar uchun 40 foizga, budjet tashkilotlari uchun 18,8 foizga oshadi. Tariflar oxirgi marta 2024-yil 15-noyabrda ko‘tarilgan.