Íîâîñòè


Ilk “Yangi avlod” bog‘chalari Toshkent va Qoraqalpog‘istonda ochiladi

Innovatsion markazlarga ega “Yangi avlod” bog‘chalari prezident maktablari kabi maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda “lokomotiv” vazifasini o‘taydi, dedi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri. Ularni ochish Toshkent shahri va Qoraqalpog‘istondan boshlanib, 2028-yilda butun O‘zbekiston hududlarini qamrab oladi.

O‘zbekistonda Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi. Xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi, yubiley tanga, kitob, filmlar chiqariladi, temuriylarga oid asl yozma manbalar nusxalari O‘zbekistonga olib kelinadi. Temuriylar tarixi muzeyi rekonstruksiya qilinadi.

Yirik yong‘in yuz bergan Aviator savdo markazi kimga tegishli?

Toshkentdagi Aviator savdo-ko‘ngilochar markazi binosining egasi (yaqinda u yerda yirik yong‘in yuz berdi va bir qizcha halok bo‘ldi) Rent Mega City kompaniyasi hisoblanadi. Gazeta bino egasi va yong‘in boshlangan bolalar maydonchasini ochgan kompaniya haqidagi ma’lumotlarni o‘rgandi.

Tarixchi va o‘lkashunos Boris Golender vafot etdi

Taniqli tarixchi, o‘lkashunos, jurnalist va yozuvchi Boris Golender vafot etdi. Ko‘pchilik uchun uning ismi ona shahri Toshkent bilan ajralmas tarzda bog‘langan - Boris Anatolevich bu shaharni qattiq sevardi va uning ming yillik tarixini go‘yoki sahifama-sahifa yoddan bilar edi.

Islomobodda Toshkent ko‘chasi va Bobur bog‘i ochiladi

Pokiston poytaxtidagi ko‘chalardan biri Toshkent deb nomlandi, yangi bog‘ga esa harbiy sarkarda, shoir va siyosatchi Bobur nomi berildi. Marosim O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifi doirasida Islomobodda bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Pokiston katta hujjatlar to‘plamini imzoladi

O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri Islomobodda Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Ular Ishbilarmonlar kengashi, Hududlararo forum, ekspertlar kengashini tashkil etishga kelishib oldi. Salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.

O‘zbekiston Nipah virusi sababli Hindistondan hayvon importini to‘xtatdi

O‘zbekiston Hindistondan hayvonlar va ularning mahsulotlari importiga vaqtincha cheklov o‘rnatdi. Bunga ushbu mamlakatda xavfli Nipah virusi tarqalgani sabab bo‘ldi. Taqiq 29-yanvardan kuchga kirdi va Hindistonning barcha hududlaridan olib kelinadigan tirik hayvonlar hamda qushlarni o‘z ichiga oladi.

Xitoy yashirin eshik tutqichlari mavjud avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqladi

Xitoy yashirin eshik tutqichli avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqlab, bunday tuzilmadan voz kechgan birinchi davlatga aylandi. Qaror qator o‘lim bilan tugagan YTHlardan so‘ng qabul qilindi - bunday mexanizmli mashinalarda yo‘lovchilar avtomobildan chiqib keta olmagan. Yangi standartlar 2027-yildan kuchga kiradi.

23-fevraldan Toshkentdan Sankt Peterburgga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

23-fevraldan Toshkent-Sankt Peterburg-Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar haftada ikki marta - dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Avtobuslar Toshkent va Sankt-Peterburgdan soat 17:00 da jo‘naydi, yo‘lda Moskvada to‘xtash rejalashtirilgan. Chipta narxi 1,2 mln so‘m.

Arnasoy aeroporti BAA bilan hamkorlikda 11 mln dollarga kengaytiriladi

Jizzax viloyatida xizmatlar va turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar rejalashtirildi. BAA bilan hamkorlikda 11 mln dollar investitsiya hisobiga Arnasoy aeroporti kengaytiriladi. Shuningdek, turizm komplekslari, mahallalarda servis obyektlari va yo‘l bo‘yi infratuzilmasi barpo etiladi.

O‘zbekiston HHK Embraer C-390 Millennium harbiy-transport samolyotlarini oladi

O‘zbekiston HHK uchun Braziliyaning Embraer’idan eng so‘nggi C-390 Millennium harbiy-transport samolyotlari sotib olinmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi ilk shunday samolyotlar bo‘ladi. Ulardan asosan transport va gumanitar missiyalar uchun foydalanish rejalashtirilgan. Hozir HHKda Il-76 va CASA C-295 samolyotlari bor.

Ëó÷øåå

Ish beruvchilarga to‘siq bo‘layotgan javobgarlik choralari bekor qilinadi

O‘zbekistonda ish beruvchilar uchun belgilangan ayrim talablar bekor qilinadi. Xususan, bo‘sh ish o‘rinlariga bandlik organlari yuboradigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik hamda bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish bekor bo‘ladi.

AQSh viza olish uchun 15 ming dollargacha garov puli joriy qilishi mumkin

AQSh Davlat departamenti ba’zi sayyohlik va biznes vizalariga ariza beruvchilar uchun 5000 dollardan 15 ming dollargacha garov puli joriy etmoqchi. Bu tartib mamlakatda qolish muddatlari buzilishi yuqori bo‘lgan va hujjatlar ustidan yetarlicha nazorat bo‘lmagan mamlakatlardan kelganlarga amal qiladi.

Sea Breeze Uzbekistan O‘zbekistonda QK sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shma korxona sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Avvalroq hukumat uni Chorvoqdagi kurort loyihasini amalga oshirish bo‘yicha eng yaxshi takliflar tanlovining g‘olibi deb torgandi. QK ta’sischilari - Agalarov Development va Ulugbek Maxmudov.

Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi qariyb bir oyga yopildi

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi rekonstruksiya ishlari sababli 2−25-avgust kunlari avtomobillar uchun yopildi. 8 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgartirildi. Transport boshqarmasi hududda tirbandlik ortishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Àêòóàëüíîå

Dam olish kunlari havo harorati pasaya boshlaydi

Shanba kunidan O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Harorat kunduzi +15…+28, kechasi +3…+11 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Buyuk Britaniya “Rosneft” va “Lukoyl”ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

Buyuk Britaniya “strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohada biznes yuritish orqali Rossiya hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun” “Rosneft” va “Lukoyl”ga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu qora ro‘yxatga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning aktivlari Britaniyada muzlatib qo‘yilishini anglatadi.

Oltin narxi tarixiy rekordni yangilab, bir unsiya uchun $4100 dan oshdi

Nyu York tovar birjasida (COMEX) oltin fyucherslari narxi o‘z tarixiy rekordini yangilab, bir unsiya uchun $4179 ni tashkil qildi. Oltin narxi yil boshidan buyon 57% ga o‘sdi. Shuningdek, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo ziddiyatlarining qayta kuchayishi xavfsiz aktivlarga, jumladan, kumushga bo‘lgan talabni oshirdi.