Íîâîñòè


O‘zbekistonda Belgrad universiteti filialini ochish rejalashtirilmoqda

Belgrad universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov. Bundan tashqari, Novi-Sad universiteti bilan ham qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilinmoqda.

“Yerusti halqa yo‘li” metrosi qayta ish boshladi

1-noyabr kunidan Toshkent metrosining “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” yo‘nalishi faoliyatini to‘liq tikladi. Hozirda ushbu yo‘nalishda 12 ta harakat tarkibi 7 daqiqalik interval bilan harakatlanmoqda.

Samarqandda YUNESKOning 80 yilligiga atab yashil bog‘lar tashkil etilmoqda

Samarqand viloyatida YUNESKO 80 yilligi munosabati bilan 5 gektarlik hududda “Merosga tayanib, kelajak sari” shiori ostida “Yashil bog‘” tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida 80 ming daraxt va buta ekilishi, quyosh panellari, tomchilatib sug‘orish va chiqindilarni qayta ishlash tizimlari joriy etilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Finlyandiya Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etadi

O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari muhim minerallar, energetika va mehnat migratsiyasida hamkorlikni muhokama qildi. O‘zbekiston eksporti uchun sertifikatlash laboratoriyalarini ochish, Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish, 2026-yilda hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.

O‘zbekistonda qariyb 115 ming haydovchiga jarima ballari yozilgan — YHXX

O‘zbekistonda jarima ballari tizimi joriy etilgandan so‘ng 114 mingdan ortiq haydovchiga ballar qo‘llanilgan. Bu haydovchilarning deyarli barchasi 1 balldan 5 ballgacha olgan. YHXX ma’lum qilishicha, shu davrda YTHlarning soni 6,3 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir etilganlari esa 31,2 foizga kamaygan.

Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida Radisson mehmonxonasi quriladi

Sobiq “Chorsu” mehmonxonasi o‘rnida 4 yulduzli Radisson mehmonxonasi quriladi - u Chorsu MANAR ko‘p funksiyali majmuasining bir qismidir. Kompaniya ma’lum qilishicha, qurilish qarori turizm o‘sishi bilan bog‘liq: so‘nggi yillarda turistlar soni ikki barobar oshgan, 2030-yilga kelib esa 30 millionga yetishi mumkin.

O‘zbekistonda noyabrda ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda 2025-yilning noyabri mamlakatning katta qismida ko‘p yillik iqlimiy me’yordan pastroq, ya’ni sovuq hamda quruqroq bo‘lishi kutilmoqda. Faqat shimoliy hududlarda me’yor atrofida yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin.

Ëó÷øåå

“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan Namangan viloyatida “Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi. Maxsus iqtisodiy zonalar mahsulotlarini “tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

20-martdan Temu O‘zbekistonda bloklanadi

O‘zbekiston qonunchiligi talablariga muvofiq, 20-martdan Temu platformasidan foydalanish cheklanadi. Fuqarolarga buyurtma bermaslik, oldinroq rasmiylashtirilgan buyurtmalarni esa bekor qilish va pulni qaytarishni so‘rash tavsiya etildi.

Àêòóàëüíîå