Íîâîñòè


Futbol faxriysi To‘lagan Isoqov vafot etdi

“Paxtakor” futbol klubining sobiq futbolchisi, O‘FA faxriylar kengashi raisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” To‘lagan Isoqov 76 yoshida vafot etdi. Isoqov jarohati sababli 1979-yilda samolyot halokatiga uchragan “Paxtakor” tarkibida bo‘lmagan edi.

“O‘zbekiston — strategik muhim davlat” — General Motors

Shavkat Mirziyoyev General Motors International direktori bilan avtomobillarni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish va mahsulot turlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. “O‘zbekiston - strategik muhim davlat… Mamlakatda Chevrolet’ning keng tarqalgani meni quvontiradi”, - dedi kompaniya vakili.

Tibbiy xizmatlarda xususiy sektorning ulushi 30 foizga yetdi

O‘zbekistonda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarda xususiy sektorning ulushi 30 foizga yetdi. Xususan, oftalmologiya va operativ oftalmologiyaning 60 foizi, LOR va endoskopik LOR xizmatlarining 70 foizi hamda stomatologik tashxis va muolajalarning 91 foizi xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatilyapti.

Misrlik Xolid Al-Anani YUNESKO bosh direktori etib saylandi

YUNESKOning Samarqanddagi konferensiyasida misrlik Xolid Al-Anani to‘rt yil muddatga yangi bosh direktor etib saylandi. U tashkilotning o‘n ikkinchi rahbariga aylanadi va 15-noyabr kuni Odri Azule o‘rniga lavozimga kirishadi.

Navoiy viloyati sobiq hokimi Abduxoliq Aydarqulov vafot etdi

Navoiy viloyati sobiq hokimi Abduxoliq Aydarqulov 83 yoshida vafot etdi. U faoliyatini sovxozlarni ta’mirlash ustaxonalarida boshlagan. 1991-yildan 1995-yil 5-yanvargacha Navoiy viloyati hokimi bo‘lgan. 1994-yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

6-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

MO mamlakatlari uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilish taklifi, O‘zbekistonda energiya saqlash tizimlarini quradigan BAA kompaniyalari, JSTga a’zolik bo‘yicha Kanada bilan erishilgan kelishuv, “Toshturma” o‘rnida quriladigan mehmonxona va boshqalar - Gazeta’ning kunlik dayjestida.

O‘zbekiston va AQSh Eksimbanki hamkorlikni kengaytirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev va AQSh Eksport-import banki bosh direktori Jon Yovanovichning Vashingtondagi uchrashuvida O‘zbekiston va bank o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Gap energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, IT va boshqa sohalardagi loyihalar haqida ketmoqda.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida Kanada bilan muzokaralarni yakunladi

JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida O‘zbekiston Kanada va Panama bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga oid protokollarni imzoladi. JST bo‘yicha maxsus vakil Azizbek Urunov jarayonni to‘liq yakunlashda hamon uchta mamlakat qolayotganini aytdi (ular qaysilar ekani noma’lum).

Mahallalar musiqasi. Oksana Chusovitina bilan suhbat

Gazeta va Yandex Music “Mahallalar musiqasi” loyihasini davom ettiradi. Bu safargi qahramon jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina bo‘ldi. Biz u bilan bolaligi, o‘z nomi bilan ataluvchi maktab, qizlarga bo‘lgan munosabat va Olimpiya o‘yinlari haqida suhbatlashdik.

Ëó÷øåå

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimi isloh qilinadi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonning isitish tizimini isloh qilish rejalashtirilmoqda. Eski qozonxonalar va tarmoqlar yangilanadi, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti qamrovi kengaytiriladi, usiz uylarda lokal qozonxonalar quriladi. Bu gaz sarfini 20 foizga kamaytirishi kerak.

2024-yilda uy-joy bozori: taklif o‘sishi sekinlashdi, talab pasaydi

2024-yilda O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq xonadonga ega ko‘p qavatli uy-joy qurildi, bu 2023-yilga nisbatan ikki baravar kam. Shuningdek, yil davomida ro‘yxatdan o‘tgan uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni o‘tgan yilga nisbatan 5,8 foizga pasaydi, ipoteka kreditlarining o‘sish sur’ati esa sekinlashdi.

Àêòóàëüíîå

Nepalda Telegram bloklandi

Nepal Telegram messenjerini “onlayn firibgarlik va pul yuvish”ga sabab bo‘lgani uchun bloklashni buyurdi. O‘tgan yili Nepal politsiyasi tranzaksiya dasturiy ta’minotiga buzib kirilishda aloqa uchun Telegram`dan foydalanilganini aniqlagan va shundan so‘ng nazorat kuchaytirilgandi.

O‘zbekistonda ijro hokimiyatlarida ichki nazorat tizimi yangilanadi

Hukumat 2025−2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqladi. Yangi konsepsiya xavflarni boshqarish, hisobdorlikni mustahkamlash va nazorat jarayonlarini samarali qilishni nazarda tutadi.

Tojikiston O‘zbekistonga Rog‘un GESidan elektr energiyasini eksport qiladi

Tojikiston Rog‘un GESidan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston bilan tuziladigan bitim loyihasini ma’qulladi. Rog‘un GESi qurilish paytida elektr energiyasi vegetatsiya davrida (1-aprel - 30-sentabr) yetkaziladi, stansiya to‘liq loyiha quvvatiga chiqqach esa yil davomida har oy yetkazib beriladi.