Íîâîñòè


34 yoshli demokrat-sotsialist Zohran Mamdani Nyu York meri bo‘ldi

Nyu York merligi uchun saylovda demokrat-sotsialist Zohran Mamdani g‘alaba qozondi. 34 yoshli siyosatchi 100 yildan ortiq vaqt ichida shaharning eng yosh meri, bu lavozimdagi ilk musulmon va shaharning kelib chiqishi janubiy osiyolik bo‘lgan ilk rahbari bo‘ldi. Saylovda 1969-yildan beri eng yuqori davomat kuzatildi.

Shavkat Mirziyoyev Global ijtimoiy adolat fondini ta’sis etishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Doha sammitida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Global ijtimoiy adolat jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi. “Rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy dasturlariga resurslarni jalb qiladigan yangi moliyaviy arxitekturani yaratish vaqti keldi”, - dedi u.

Banklar endi mobil ilova orqali oltin sotishi mumkin

Yangi nizom banklar, jumladan, mikromoliya banklariga mijozlarga mobil ilova orqali o‘lchovli oltin quymalarni sotish va qayta sotib olish imkonini beradi. Qimmatbaho metallni olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat va “maxfiy kod”ni ko‘rsatish kerak.

Jizzaxda “Hududgaz” xodimi $6 ming bilan qo‘lga olindi

Jizzaxda “Hududgaz”ning yetakchi mutaxassisi tadbirkordan 6 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. U aslida tashqi ta’sirsiz nosoz holatga kelgan gaz hisoblagich uchun dalolatnoma tuzgan va uni bekor qilish hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligini ta’minlash uchun pul so‘ragan.

2026-yildan O

2026-yil 1-yanvardan 2600 ta retseptli dori o‘rtacha narxi 40−50% arzonlashishi kutilmoqda. Farmatsevtika mahsulotlarining barcha davlat xaridlari farma. xarid. uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Ëó÷øåå

Sud muhokamalarida masofadan ishtirok etishning huquqiy asosi yaratilmoqda

Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan aholi sud muhokamalarida masofadan ishtirok etishining huquqiy asosi yaratilmoqda. Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida masofadan ishtirok etayotgan shaxslarning shaxsi ishni ko‘rayotgan sud tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda aniqlanadi.

USAID dasturlarining 83 foizi bekor qilinmoqda

“Olti haftalik tekshiruvdan so‘ng USAID dasturlarining 83 foizini rasman bekor qilamiz”, - deb yozdi AQSh davlat kotibi Marko Rubio. Uning aytishicha, bekor qilingan 5200 ta shartnoma ba’zi hollarda AQShning milliy manfaatlariga zarar yetkazgan.

Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

O‘zbekistonda biznes egalariga statistik hisobotlarni taqdim etishda bir qancha yengilliklar berilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, endi xodimlar soni 5 nafardan kam bo‘lgan va yillik tushumi BHMning 2 ming baravaridan oshmaydigan korxonalar uch yilda bir marta statistik hisobot topshiradi.

Markaziy bank mikroqarzlar bo‘yicha ham talablarni qattiqlashtirmoqchi

Markaziy bank mikroqarzlar qoldig‘i va to‘planish darajasi o‘sishi fonida ularga nisbatan bir qator talablarni qattiqlashtirishni rejalashtirmoqda. Choralar banklarning mikroqarzlar bo‘yicha konsentratsiyasiga (kredit kartasi uchun ham) 25 foizlik limit o‘rnatish va boshqa talablarni o‘z ichiga oladi.

Àêòóàëüíîå

Jazirama bilan bog

Jahon banki tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekistonda jazirama bilan bog‘liq ortiqcha o‘limlar har 100 ming kishiga 19 tadan 21 tagachani tashkil etmoqda. 2090-yilga borib, O‘zbekistonda issiq havo tufayli yiliga 10 mingdan 23 minggacha kishi vafot etishi mumkin. Boshqa prognozlar.

AOKAning nazorat va monitoring vazifalari “O‘zkomnazorat”ga o‘tkazildi

AOKAning axborot sohasida nazorat va monitoring bo‘yicha vazifalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga o‘tdi. Shuningdek, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz PA bo‘ysunuviga o‘tkazildi.