Íîâîñòè


Adabiyotshunos olim va turkolog Nasimxon Rahmonov 73 yoshda vafot etdi

Adabiyotshunos, turkolog Nasimxon Rahmonov 73 yoshda vafot etdi. U Milliy universitetda o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi professori, Jurnalistika fakulteti dekani vazifalarida ishlagan. Turk-run xatidagi matnlar va uyg‘ur xatidagi “Oltin yorug‘”ni o‘zbekchalashtirgan, Turk xoqonligiga oid tadqiqotlari bor.

Jizzaxda hovlisidagi 4 metrli chuqurga tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Jizzaxda qutqaruvchilar chuqurga tushib ketgan fuqaroning hayotini saqlab qoldi. U ehtiyotsizlik oqibatida 4 metrli chuqurlikka tushib ketgan. FVV xodimlari maxsus qutqaruv anjomlari yordamida chuqurlikdan fuqaroni chiqarib olgan. So‘ng u tibbiyot xodimlariga topshirilgan.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uy liftlarida 37 mingdan ortiq nosozlik aniqlandi

Toshkentdagi ko‘p kvartirali uylarda o‘rnatilgan 9147 ta lift tekshirilib, jami 37 103 ta kamchilik aniqlandi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi hududiy boshqarmasi, shuningdek, poytaxtdagi qurilish obyektlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va attraksionlarda ham bir qator kamchiliklarni aniqladi.

10-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Trampga sovg‘a qilingan Registon nusxasi, O‘zbekistonda topilgan “noyob” gaz koni, yil oxirigacha ochiladigan Burger King restoranlari, AQSh bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muhokamalar va boshqalar - Gazeta’ning kunlik dayjestida.

O‘tgan oktabrda ob-havo qanday bo‘ldi?

Bu yil oktabr oyi O‘zbekistonda qurg‘oqchil o‘tdi - respublika hududining katta qismida yomg‘ir odatdagidan ancha kam bo‘ldi. Shuningdek, oy boshqa yillardagiga nisbatan eng issiqlaridan biri sifatida qayd etildi. Oktabr so‘nggida ushbu mavsumdagi ilk qor qoplami kuzatildi.

Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha xodimlarini mukofotladi. “Mashaqqatli mehnat mahsuli bo‘lgan bunday ezgu ishlarda 600 mingdan ziyod jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, har qancha rahmat aytsak, arziydi”, - ta’kidladi prezident

Janubiy Koreya sobiq prezidentiga qo‘shimcha ayblovlar e’lon qilindi

Maxsus prokuror Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yolni harbiy keskinlikni keltirib chiqarish uchun dushman davlat - KXDRga yordam berishda ayblamoqda. Yol qo‘shni hududda javob harakatlarini qo‘zg‘atish va shu bahonada harbiy holat joriy etish uchun maxfiy operatsiya (dron uchirish) o‘tkazishni buyurgani aytilyapti.

AQSh bilan 100 mlrd dollarlik kelishuv: bu raqamlar nimani anglatadi?

AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston bilan keyingi uch yil uchun 35 mlrd dollar, 10 yil uchun esa 100 mlrd dollarlik savdo va iqtisodiy kelishuviga erishilgani haqida ma’lum qilgandi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev nima uchun bitim summasi aslida aql bovar qilmas darajada katta emasligini tushuntirdi.

Sirdaryo viloyatida narkolaboratoriya aniqlandi

DXX va IIB Sirdaryo hamda Namangan viloyatlarida o‘tkazgan tezkor tadbirlarda sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlangan laboratoriya va giyohvandlik savdosiga oid holatlar aniqladi. Bir nechta shaxslar qo‘lga olinib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Inson qadri qayerdan boshlanadi? Kolonka

O‘zbekiston maktablarining 80% dan ortig‘ida bino ichida hojatxona yo‘q. Bu asosiy ehtiyojni qanday qondirish mumkin? “Qurding-unutding” tamoyili asosida ishlaydigan texnik sodda yechim bor. U allaqachon Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tashabbusi bilan qator maktablarda mavjud. U qanday ishlaydi?

Ëó÷øåå

Sariosiyo va Zarafshon aeroportlari 2025-yil oxirigacha ochilishi mumkin

Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Javlonbek Umarxo‘jayev yozda Sariosiyo aeroporti, yil oxirigacha esa Zarafshon aeroporti ochilishini ma’lum qildi. U, shuningdek, vodiy viloyatlari uchun yagona xalqaro aeroport yaratish strategiya va xavfsizlik nuqtai nazaridan ma’qul variant emasligini aytdi.

Farg‘onada chiqindi xizmati uchun to‘lovlar oshirildi

Farg‘ona viloyatida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmati uchun yangi tariflar tasdiqlandi. Endi shahar aholisi oyiga 7500 so‘m, tuman aholisi esa 6500 so‘m to‘laydi. Yuridik shaxslar uchun tarif keskin oshirildi.

Toshkent metrosi 21

Toshkent metropoliteni Navro‘z bayrami va dam olish kunlarida qanday tartibda ishlashi ma’lum qilindi. Poyezdlar shanba va yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida ishlaydi.

Temu O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tdi — Soliq qo‘mitasi

Xitoyning Temu marketpleysi O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatga olindi. Soliq qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, kompaniya bilan muzokaralar davom etmoqda. “Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilinadi”, - ta’kidladi davlat organi.

QQS summasi o‘rnini qoplash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Hukumat qarori bilan QQS summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, bojxona organlari tomonidan elektron tizim orqali tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tgani to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.

Majburiy ovoz to‘plangan loyihalar “Tashabbusli budjet”dan chetlatiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi majburiy ovoz to‘plangan loyihalar “Tashabbusli budjet”ning ovoz berish bosqichidan chetlatilishini ma’lum qildi. Xususan, Quva tumanidagi 37-maktab direktori ovoz yig‘ish uchun o‘qituvchilarning maoshidan 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgani aniqlandi.

Àêòóàëüíîå

TDTU Hindiston hukumati tanqidlarini asossiz deb atadi

TDTU Chirchiq filiali Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasining filial ta’lim sifatini tanqid qiluvchi bayonotini asossiz deb atadi va qoraladi. Unga ko‘ra, oliygohdagi ta’lim xalqaro standartlarga javob beradi, “talabalar huquqlarini himoya qilish ustuvor”. Tashkilot ochiq muloqotga tayyorligini bildirdi.

Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha yig‘ilishini keyinga qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishini keyinga qoldirdi. Regulyator yig‘ilish sanasi alohida ma’lum qilinishini ta’kidlagan. Qarorga yilning 1-yarmi bo‘yicha global makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, savdo hamkorlari bo‘yicha ma’lumotlar iyul oxirida e’lon qilinishini sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston YIM birinchi yarim yillikda 7,2 foizga o‘sdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yil yanvar-iyun oylarida 7,2 foizga o‘sdi. Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarov yuqori darajadagi ichki faollik va iste’mol bilan ajralib turgan YIM o‘sish tuzilmasini tahlil qildi.

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish indeksida 62-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 2025-yil uchun barqaror rivojlanish maqsadlari indeksidagi ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Mamlakat 2024-yilga nisbatan 19 pog‘onaga ko‘tarildi va 2015-yildan buyon MO va Sharqiy Yevropa davlatlari orasida jadal rivojlanayotgan davlat sifatida e’tirof etildi.