Íîâîñòè


Toshkentdagi Park in Mall savdo markazida yong‘in yuz berdi (video)

Tashkent city hududidagi Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa 3-qavatda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joyda yuz bergan. FVBga ko‘ra, bino hali foydalanishga topshirilmagan va yong‘in bolalar o‘yingohida kelib chiqmagan.

Saharlikda chalinadigan nog‘ora, turli millat vakillari bilan iftorlik va qayda bo‘lmasin tayyorlanadigan o‘zbek palovi. Ramazon shukuhi xorijdagi o‘zbekistonliklar nigohida

Germaniya, Yaponiya, Kanada, Vengriya, shuningdek, Turkiya va Singapur kabi davlatlarda Ramazon qanday o‘tadi? O‘zbekistondagidan nimasi bilan farq qiladi? Vatandan uzoqda bo‘lish odatlar va taomnomaga ta’sir ko‘rsatadimi? Gazeta ushbu savollarga javob topish uchun xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.

Dastlabki tergov Erondagi maktabga zarbani AQSh berganini ko‘rsatdi — NYT

Eronning Minob shahridagi maktabga berilgan va kamida 168 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan zarbani AQSh amalga oshirgan. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, AQSh harbiylari nishonni belgilashda eskirgan razvedka ma’lumotlaridan foydalangan: maktab ilgari harbiy bazaning bir qismi bo‘lgandi, deb yozadi NYT.

Ëó÷øåå

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi

Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarga sifatsiz kefir sabab bo‘lgan. Hozirda epidemiologik surishtiruv olib borilmoqda.

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi

Prezident farmoni bilan Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining vazifa va vakolatlari belgilandi. Unga ko‘ra, yangi agentlik, xususan, xalqaro brendlarni jalb qilish, standartlarni joriy etish, xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish bilan shug‘ullanadi.

Toshkentda mushukni qiynagan Xitoy fuqarosi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda mushukka shafqatsiz munosabatda bo‘lgan Xitoy fuqarosi javobgarlikka tortildi. U mushukka qayta-qayta qaynoq suv quygan va uni idishda ushlab, tashqariga chiqishga qo‘ymagan. Erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekistonda ustun muzokara kuchiga ega kompaniyalar soni 66 taga yetdi

Raqobat qo‘mitasi O‘zbekistonda ustun muzokara kuchiga ega korxonalar ro‘yxatini yangiladi. Bunday kompaniyalar soni 31 tadan 66 tagacha oshdi. Ularning ko‘pchiligi maishiy chiqindilarni olib chiqish sohasida faoliyat yuritadi, shuningdek temiryo‘l kompaniyalari, internet-provayder va sug‘urta tashkiloti ham bor.

“Milliy tiklanish” yetakchisi: “Hukumat tabiatga buyruq bera olmaydi”

“Milliy tiklanish” yetakchisi Alisher Qodirov havo ifloslanishini hukumat bilan bog‘lash noto‘g‘ri ekanini aytdi. U “chalg‘ituvchi taxminlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka” chaqirdi. Jurnalist Bahodir Abdullayevning ta’kidlashicha, davlat noxush jarayonlarga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega.

O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda “Shajara” axborot tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. U foydalanuvchilarga o‘z shajarasini yaratish, genetik ma’lumotlar asosida uzoq qarindoshlarini izlash imkonini yaratadi. 2030-yilga qadar arxiv fondining raqamlashuv darajasini 60 foizga yetkaziladi.