Íîâîñòè


Yil boshidan buyon O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 33 foizga oshdi

2026-yil boshida O‘zbekistonga sayyohlar oqimi uchdan bir baravarga oshdi: ikki oyda mamlakatga qariyb 1,77 mln xorijlik keldi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 441 ming kishiga ko‘p. Tashriflar soni bo‘yicha Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolari yetakchilik qilmoqda.

Toshkent tumanlari aniq rejalar va ustuvorliklar asosida rivojlantiriladi

Toshkentda tumanlarni rivojlantirishni rejalashtirishning yangi tizimi joriy etilmoqda. U Yevropa va Osiyo shaharlari tajribasiga asoslanadi. Rejalarni ishlab chiqishda qarorlar real ehtiyojlarga bog‘liq bo‘lishi uchun aholi takliflari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar inobatga olinishi va’da qilinmoqda.

Afg‘oniston va Pokiston: kuchayib borayotgan mojaro xronologiyasi

Ilgari o‘zaro ayblovlar va chegaradagi to‘qnashuvlar bilan cheklanib kelgan Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik 2026-yilning fevralida ochiq eskalatsiya bosqichiga o‘tdi. Gazeta chegaradagi ziddiyatlardan tortib aviazarbalargacha bo‘lgan mojarolar xronologiyasini jamladi.

Namangan viloyatida 150 mln dollarlik Arashan Resort kurorti qurilishi boshlandi

Namangan viloyati Pop tumanida qiymati 150 mln dollar bo‘lgan Arashan Resort turistik majmuasi qurilishi boshlandi. Loyiha Arashan ko‘llari yaqinidagi tog‘ oldi hududida 600 gektar maydonni qamrab oladi va ekoturizm, tog‘-chang‘i infratuzilmasi hamda dam olish zonalariga ega kurort barpo etishni nazarda tutadi.

Prezident Yangi Toshkentdagi 55 ming o‘rinli stadion qurilishi bilan tanishdi

Yangi Toshkentda 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 55 ming o‘rinli futbol stadioni qurilishi davom etmoqda. Poydevor quyish ishlari 95 foizga bajarilgan, ishlar jadal sur’atda olib borilmoqda. Prezident obyektga borib, jarayonni ko‘zdan kechirdi.

Andijonda Ramazon hayiti qanday o‘tdi? Fotoreportaj

Andijonda Ramazon hayiti tongi odatdagidan barvaqt boshlandi. Shahar bo‘ylab transport harakati vaqtincha cheklanib, asosiy oqim masjidlar tomon yo‘naladi. Bayram namozi, bozorchalardagi gavjumlik va qo‘llariga xina qo‘ygan qizchalar - Gazeta muxbiri hududdagi bayram shukuhini kadrlarga muhrladi.

Foto: Toshkentdagi Navro‘z sayillari

Navro‘z munosabati bilan Toshkentning ko‘plab joylarida xalq sayillari tashkil etildi. Ayrim ko‘chalar piyodalar harakati uchun moslashtirildi, palov va sumalak tayyorlandi, san’atkorlar chiqishlari namoyish etildi.

Toshkentda avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tarmog‘i qanday kengaytiriladi?

2030-yilgacha Toshkentda avtobuslar uchun ustuvorlikka ega yo‘laklar uzunligi 400 km dan oshishi kerak: BRT - 57,5 km, “A” harfli yo‘laklar esa 347 km ni tashkil etadi. Bu yil BRT yo‘laklari Shahrisabz (Shota Rustaveli ko‘chasi davomi), Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur, Yangi Sergeli ko‘chalarida paydo bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Navro‘zga bag‘ishlangan tantanali marosimda qatnashib, barchani bayram bilan tabrikladi. Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, birdamlik, ahillik va bunyodkorlik ruhida yashashga, yoshlarni zamonaviy bilim, til va kasblarni egallashga chaqirdi.

Ëó÷øåå

Yevropa Ittifoqi kirishda yangi ro‘yxatga olish tizimini joriy qildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida kirish/chiqishda yangi ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirildi - Entry/Exit System. U blok a’zosi bo‘lmagan mamlakatlarning qisqa muddatga tashrif buyurgan fuqarolari biometrik ma’lumotlarini to‘playdi va xorijga chiqish pasportlaridagi shtamplar o‘rnini bosadi.

Àêòóàëüíîå

AQSh ishchi vizalar uchun ariza beruvchilarni tekshirishni kuchaytiradi

AQSh hukumati H-1B ishchi vizalari uchun ariza beruvchilarni tekshirishni kuchaytiradi. Ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan ish izlovchilar va ularning oila a’zolari ham Shtatlardagi “himoyalangan fikr bildirish shakllari” senzurasiga aloqadorligi tekshiriladi. Agar bunday fakt tasdiqlansa, viza berilmaydi.

Green Card uchun ro‘yxatdan o‘tish hali boshlanmadi — elchixona

2027-yilgi Diversity Visa (Green Card) dasturida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish hali boshlanmadi, deb xabar bermoqda AQSh elchixonasi. Dipmissiya, shuningdek, g‘olib bo‘lish imkoniyatini oshira olishini da’vo qiluvchi shaxs va xizmatlarga ishonmaslikka chaqirdi.