Íîâîñòè


“Tashabbusli budjet”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

“Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi birinchi mavsumi yakunlariga ko‘ra, 47 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi. Ularni moliyalashtirish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari qarori bilan mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 18,2 mlrd so‘m ajratilgan.

Toshkent viloyatida to‘rt egizak dunyoga keldi

Toshkent viloyatida biryo‘la to‘rt egizak - ikki qiz, ikki o‘g‘il tug‘ildi. Ular viloyat IIBB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi Odiljon Abdullayev oilasida dunyoga kelgan. Ona va chaqaloqlarning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lib, ular tibbiyot muassasasida xalqaro protokollar asosida parvarishlanmoqda.

Mart oyi — suratlarda

Qori bilan kelgan bahor, shaharga kayfiyat ulashgan bayramlar silsilasi - 8-mart, Ramazon hayiti va Navro‘z, shuningdek, oy oxirida O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA Series turnirida erishgan g‘alabasi. Gazeta mart oyining eng muhim kadrlarini jamladi.

1-apreldan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Toshkentda yangi sanoat zonalarini tashkil qilishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi, uy-joy va avtomobil xaridlari naqdsiz shaklga o‘tkaziladi, jarima ballarini kamera va radarlar orqali hisoblash boshlanadi - 1-apreldan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlari Gazeta sharhida.

Fotoreportaj: O‘zbekiston — FIFA Series g‘olibi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘z uyida Venesuelani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, FIFA Series turnirida g‘olib bo‘ldi. Abduqodir Husanov turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Gazeta muxbiri Murod Yusuf ushbu o‘yinning eng qiziqarli lahzalaridan fotoreportajni taqdim etadi.

Ëó÷øåå

SSV bolalar orasida “g‘ayriodatiy” infeksiya tarqalayotganini rad etdi

SSV bolalar orasida o‘tkir respirator virusga o‘xshash, ammo ich ketishi va qayt qilish bilan namoyon bo‘ladigan “g‘ayriodatiy” infeksiya tarqalayotganini rad etdi. Vazirlikka ko‘ra, respirator belgilar hammada har xil namoyon bo‘ladi, shuningdek, bir paytda bakterial va virusli infeksiya avj olishi qayd etilmaydi.

“Sirli mijoz” tadbirlari orqali dorixonalar faoliyati baholanadi

O‘zbekistonda “sirli mijoz” tadbirlari orqali tibbiy muassasalar va dorixonalar faoliyati baholanadi. Bunday “mijoz” dorixonaga xaridor sifatida tashrif buyurib, uning faoliyatini kuzatadi. Tadbir audio yoki videokuzatuv moslamalaridan yashirin foydalanilgan holda o‘tkazilsagina, haqiqiy hisoblanadi.

Suv resurslarini boshqarishda DXSH tizimi joriy etiladi

Suv resurslarini boshqarishda Namangan tajribasi asosida DXSH tizimi joriy etiladi. Jizzaxning Do‘stlik tumanida amalga oshirilayotgan tajriba loyihasi doirasida esa “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish, shuningdek, yiliga 107 mln kub metrgacha yoki 33 foiz suv resurslarini tejash rejalashtirilmoqda.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekistonda bir yilda 14 milliondan ortiq kishi tez yordam chaqirdi

2025-yilda “103” xizmatiga 14,3 millionga yaqin chaqiruv kelib tushdi - bu avvalgi yilga nisbatan 763 mingtaga ko‘p. Murojaatlarning katta qismi shoshilinch holatlar, shuningdek, surunkali kasalliklar bilan bog‘liq bo‘ldi. Eng ko‘p murojaat Toshkentda, eng kami - Navoiyda.