Íîâîñòè


Toshkentda chet elga ishga jo

Toshkentda fuqarolarni Yevropa davlatlariga ishga jo‘natishni va’da qilib, ulardan pul undirgan shaxslar sudlandi. Jami 140 kishi jabrlangan. Sud hukmiga ko‘ra, ikki nafar ayblanuvchi 7 yilga, yana bir ayol esa 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

AQSh Erondagi eng yirik ko‘prikka hujum qildi

AQSh raketa zarbasi bilan Tehronni mamlakatning g‘arbiy hududlari bilan bog‘laydigan eng yirik ko‘prikni vayron qildi. Eron rasmiylariga ko‘ra, zarba oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odam jarohatlangan.

“Debyutda tutildi”. Sindarov — Karuana ustidan qozongan g‘alabasi haqida

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turniri favoritlaridan biri Fabiano Karuana ustidan qozongan g‘alabasi tayyorgarlik va variantni to‘g‘ri tanlash natijasi bo‘lganini aytdi. To‘rt turdan so‘ng u turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va faoliyatida ilk bor jahon reytingi top-6 ligiga kirdi.

Ëó÷øåå

O‘zbekistonga 3-noyabrdan sovuq va nam havo massalari kirib keladi

O‘zbekistonda noyabr avvalida havo haroratining keskin pasayishi kutilmoqda. 3-noyabr kuni respublika hududiga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Kechalari harorat 0…+3 darajani tashkil etadi

“O‘zbekneftgaz” BAAda UNG Overseas shu’ba kompaniyasini tashkil etdi

“O‘zbekneftgaz” BAAda Orient Energy Limited yangi shu’ba kompaniyasi tashkil etilganini ma’lum qildi. Shu’ba kompaniyasi UNG Overseas xalqaro brendi ostida faoliyat yuritadi. Kompaniya xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni ilgari suradi va uglevodorodlarni yetkazib berishning yangi zanjirlarini rivojlantiradi.

O‘zbekistonda dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 990,53 so‘mgacha pasaydi - bu keskin devalvatsiya ro‘y bergan 2023-yil avgustidan beri kuzatilmagan ko‘rsatkich. 1-yanvardan boshlab so‘m qariyb 930 so‘mga yoki 7,2 foizga mustahkamlandi.

Kredit qarzdorligi ijtimoiy nafaqa va yordam mablag‘laridan undirilmaydi

O‘zbekistonda kredit qarzdorligini ijtimoiy nafaqa va yordam mablag‘laridan undirish taqiqlanmoqda. Kredit olish bo‘yicha arizada ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha summada kredit taklif etilmaydi. Kredit majburiyatlari bilan bog‘liq ehtimoliy tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi cheklist taqdim etiladi.

Qishga tayyorgarlik uchun nimalar qilindi?

O‘zbekiston Energetika vazirligi mamlakatda qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi. Xususan, aholining ayrim qatlamiga moddiy yordam beriladi. UGaz tizimi orqali gaz “zapravka”lardagi gaz miqdorini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Benzin va ko‘mir zaxirasi yaratilgan.

Àêòóàëüíîå