Íîâîñòè


O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi — IIV

2026-yilning 3 oyida O‘zbekistonda 1102 ta YTHda 346 kishi vafot etdi. Tahlillarga ko‘ra, YTHlarning 32,9 foizi belgilangan tezlikka rioya etmaslik, 22,4 foizi svetofor talablariga amal qilmaslik, 13,6 foizi haydovchilar tomonidan piyodaga yo‘l bermaslik oqibatida sodir bo‘lgan.

Toshkent shahri hokimligi Ochiqlik indeksida eng past natija bilan qayd etildi

Antikorrupsiya agentligi 2025-yilgi Ochiqlik indeksini e’lon qildi. Indeksning yuqori o‘rinlarini “O‘zbekgidroenergo”, NKMK va “O‘zavtosanoat” egallagan. Eng yomon natijani Toshkent shahri va Andijon viloyati hokimliklari hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” ko‘rsatgan. Ularga nisbatan jazo qo‘llanishi mumkin.

O‘zbekistonliklar Germaniyaga qassoblik bo‘yicha ishga taklif etilmoqda

Germaniyaning Premium Food Group tashkiloti qassoblik sohasida ishlash uchun 300 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga taklif qilmoqda. Nomzodlardan xalqaro til sertifikati talab etilmaydi, biroq ular maxsus tayyorlov kurslarida ishtirok etishlari lozim. Ish haqi taxminan 1700 yevroni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda jami 47 mingdan ziyod mahkum jazo o‘tamoqda — IIV vakili

O‘zbekistonda hozir 49 ta jazoni ijro etish muassasasida jami 47 432 nafar mahkum jazo o‘tamoqda. IIV vakili Otabek Satimbayevga ko‘ra, bu statistik ma’lumotlar sir hisoblanmaydi. “Yopiq turdagi koloniyalarimizda 26 mingga yaqin, manzil-koloniyalarda esa 11 mingdan ortiq mahkum bor”, - deydi u.

O‘zbekistonda uch oy ichida 80 ta uyushgan jinoiy guruh aniqlandi

O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida 670 ta uyushgan jinoyatlar aniqlandi. Xususan, 80 ta uyushgan guruh fosh etilib, 211 nafar shaxs qo‘lga olindi. IIV vakiliga ko‘ra, 18 mingdan ortiq kiberjinoyat sodir etilgan bo‘lsa, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 4 mingta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“U hozirgi o‘rniga munosib”. Nakamura — Javohir Sindarov haqida

“Men shunchaki ishonchli o‘ynash va o‘z imkoniyatlarimni kutishni istayman”, - dedi shaxmatchi Javohir Sindarov Hikaru Nakamura bilan qisqa durangdan so‘ng. AQShlik shaxmatchi, o‘z navbatida, o‘zbekistonlik sportchi “hozirgi turgan o‘rniga munosib” ekanini va turnirda eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi g‘alabaga bir qadam qoldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 12-turida Xikaru Nakamura bilan tezkor durang o‘ynadi - partiya 35 daqiqada yakunlandi. Shaxmatchi 9 ochko jamg‘ardi va endi g‘alaba ostonasida turibdi: chempionlik uchun qolgan ikki partiyada bor-yo‘g‘i yarim ochko olishi kifoya.

Insoniyatning koinotga ilk parvoziga 65 yil to‘ldi

“O‘zbekkosmos” 12-aprel - Kosmonavtika kuni munosabati bilan maqola e’lon qildi. Unda koinotni o‘zlashtirish tarixi va kosmik texnologiyalarning bugungi ahamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, O‘zbekistonda milliy sun’iy yo‘ldosh va kosmonavt tayyorlash rejalari eslatilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev muzokara o‘tkazdi

Buxoroda Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo hajmini oshirish va qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

“Artemida II” missiyasi ekipaji Yerga qaytdi (+foto)

Bortida to‘rt astronavt bo‘lgan “Orion” kosmik kemasi Kaliforniya qirg‘oqlari yaqiniga, Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Yarim asrdan ko‘proq vaqt ichida insonlarning Oyga ilk parvozini o‘z ichiga olgan NASA’ning “Artemida II” missiyasi 10 kun davom etdi.

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Yetakchilar ikki tomonlama muzokara o‘tkazadilar. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Prezident Buxoroda yangi ma’muriy markaz qurilishini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga tashrifi doirasida viloyatning yangi ma’muriy markazida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Ushbu markaz davlat idoralarini bir joyga jamlash orqali aholiga xizmat ko‘rsatishni yengillashtirishga va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladi.

Prezident Buxoroning yangi ma’muriy markaziga bordi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga tashrifi doirasida viloyatning yangi ma’muriy markazidagi qurilish ishlari bilan tanishdi. Ushbu markaz davlat idoralarini bir joyga jamlash orqali aholiga xizmat ko‘rsatishni yengillashtirishga va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xitoy Tayvan mustaqilligiga toqat qilmaydi — Si Szinpin

XXR raisi Si Szinpin Tayvanning muxolifatdagi “Gomindan” partiyasi rahbari Chjen Liven bilan uchrashuvda Xitoy orolning mustaqilligiga “toqat qilmasligini” ma’lum qildi. Bu Si Szinpin va “Gomindan” partiyasi yetakchisi o‘rtasida so‘nggi 10 yil ichida o‘tkazilgan ilk muzokaralardir.

Ëó÷øåå

TDYUda fakultet dekanlarini saylash amaliyoti joriy etiladi

Toshkent davlat yuridik universitetida fakultet dekanlari va departament boshliqlarini saylash amaliyoti joriy etiladi. Universitet katta kurs talabalarini davlat tashkilotlari, notariat va advokatlik tuzilmalariga ish yurituvchi, yuriskonsult yordamchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Qo‘llanma: Havo ifloslanganda nima qilish va qilmaslik kerak?

PM2,5 zarrachali havo aholi, xususan, homilador ayollar va bolalar uchun qanchalik xavfli? Undan qanday himoyalanish mumkin? Bu holat uzoq davom etsa, oqibati nima bo‘ladi? Gazeta shu kabi savollar asosida shifokorlar bilan suhbatlashib, tavsiyaviy qo‘llanma tayyorladi.

Àêòóàëüíîå

Rossiyada Telegram faoliyati cheklana boshladi — RBK

“Roskomnadzor” Rossiyada Telegram faoliyatini cheklashni boshlashga qaror qildi, deb yozmoqda RBK. Rossiyalik foydalanuvchilar so‘nggi kunlarda messenjerga kirish bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilyapti.