Íîâîñòè


Chempionlik retsepti: Javohir Sindarov Nomzodlar turnirini qanday zabt etdi?

Javohir Sindarovning Nomzodlar turniridagi g‘alabasi tasodif emas. Buning ortida debyut, tavakkal qilishga tayyorlik va ustunlikni saqlab qolish qobiliyati yotadi. Gazeta sharhlovchisi sayyoraning eng yaxshi grossmeysterlarini ishonchsizlikka majbur qilgan shaxmatchining g‘alaba retsepti tarkibini tahlil qiladi.

Aktrisa Dono Boboxonova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova 79 yoshda vafot etdi. U faoliyatini Abror Hidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatrida olib borayotgandi. Aktrisa “Bozor ko‘rmagan yigit”, “Arazlasang, o‘laman”, “Chol va nabira” va “Tilim qursin” filmlari bilan mashhur edi.

Janubiy Koreyada ayollarga gigiyenik vositalar bepul tarqatiladi

Janubiy Koreya hukumati jamoat joylarida barcha ayollar uchun gigiyenik tagliklarni bepul tarqatish bo‘yicha sinov loyihasini ishga tushirdi. Joriy yilda ushbu dastur 10 ta hududni qamrab oladi, keyingi yildan boshlab butun mamlakatda joriy etiladi.

Sadir Japarov aholi punktlariga kishilar ismini berishni taqiqladi

Qirg‘izistonda aholi punktlariga shaxs nomlarini berish to‘xtatiladi. Sadir Japarov qaror mahalliy aholi orasidagi nizolarni to‘xtatish uchun qabul qilinganini bildirdi. “Yo‘qsa guruhlarga bo‘linib, nega uning ismi berildi, mening ham ajdodlarim munosib edi-ku, deb bahslashishni boshlaysiz”, - dedi prezident.

AQSh Eron portlarini blokada qilishni boshladi

AQSh va Eron o‘rtasida Pokistonda o‘tgan tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangach, AQSh harbiy kuchlari Fors va Ummon qo‘ltiqlaridagi Eron portlarini dengiz orqali blokada qilishga kirishdi.

Ëó÷øåå

2025-yil tarixdagi ikkinchi yoki uchinchi eng issiq yil bo‘ladi

2025-yil, Yevropa iqlimshunoslari prognoziga ko‘ra, butun kuzatuvlar tarixidagi ikkinchi yoki uchinchi eng issiq yil bo‘ladi (2024 va 2023-yillardan so‘ngra). Yanvar-noyabr oylarida global harorat sanoatdan oldingi darajadan o‘rtacha 1,48 darajaga yuqori bo‘lgan.

8-dekabrdan O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

8−10-dekabr kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, markaziy hududlarda havo harorati kechasi -2 dan -5 darajagacha, kunduzi +6 dan +3 darajagacha tushadi.

O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 44 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 1-oktabr holatiga ko‘ra 43,97 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan chorakda o‘sish 1,1% ga (+$473 mln) sekinlashdi. Qarzlarning asosiy qismi budjet xarajatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Eng yirik kreditor - Jahon banki ($8 mlrd).

O‘zbekistonda binolarni yonuvchan materiallar bilan qoplash taqiqlanmoqda

O‘zbekistonda binolar fasadida yonuvchan materiallardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Prezident 44 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarda yong‘in xavfsizligini tekshirishni buyurdi. Kommunal xizmatlar va boshqaruv kompaniyalari FVV dispetcherlik tizimiga birlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Àêòóàëüíîå

Ukraina Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Vladimir Zelenskiy Aleksandr Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Zelenskiy Lukashenko “anchadan beri Belarus suverenitetini shaxsiy hokimiyatini saqlab qolishga almashmoqda”, deb bayonot berdi.

Ayrim tovarlar uchun import boji vaqtincha pasaytirildi

JST bilan ishlash komissiyasi ayrim tovarlar uchun import bojining vaqtinchalik pasaytirilgan stavkalarini tasdiqladi. Sitrus meva sharbatlari uchun konsentratlar, tamaki ishlab chiqarishda foydalaniladigan ayrim mahsulotlar shular jumlasidan. Olmoslar va qimmatbaho toshlar import bojidan ozod qilindi.