Íîâîñòè


Dam olish kunlari havo +35 darajagacha isiydi

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari +28…+35 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib o‘tishi ham mumkin.

“Ilg‘or ijodkor” prezident mukofoti joriy etiladi

O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Ilg‘or ijodkor” prezident mukofoti ta’sis etiladi. Unga ko‘ra, she’riyat, dramaturgiya va bolalar adabiyoti yo‘nalishlarida eng yaxshi ijodkorlar aniqlanib, yo‘nalish g‘oliblariga BHMning 200 baravari (82,4 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti beriladi.

AQSh va Eron o‘rtasidagi sulh xronologiyasi

AQSh va Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan keyin o‘tgan ikki hafta ichida tinchlik borasida kelisha olmadi. Hurmuz bo‘g‘ozi yopiqligicha qolmoqda, yangi muzokaralar taqdiri esa so‘roq ostida. Gazeta voqealar xronologiyasini keltiradi.

Ëó÷øåå

Navoiy xalqaro aeroportini markazlashgan boshqaruvdan chiqarish rejalashtirilmoqda

Navoiy xalqaro aeroportiga Uzbekistan Airports’ning markazlashgan operativ boshqaruv tizimidan chiqib, aviakompaniyalar bilan mustaqil shartnomalar tuzish huquqi berilishi mumkin. Havo bandargohi daromadlarini o‘z modernizatsiyasiga sarflash, “porto-franko” erkin bojxona zonasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Toshkent metrosining yana 19 ta bekatida kassalar yopilmoqda (ro‘yxat)

Toshkent metropoliteni yana 19 ta bekatda chipta kassalarini yopish rejasi haqida xabar berdi. Yo‘lovchilarning katta qismi yo‘l haqini naqdsiz usullarda to‘lamoqda (bu arzonroq). Elektron to‘lov imkoniyati bo‘lmagan hollarda infokiosklar orqali QR kodli qog‘oz chiptalarni xarid qilish mumkin.

2-fevraldan metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi

O‘zbekistonning qator hududlarida metan zapravkalar 2-fevraldan soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Farg‘ona vodiysidagi shoxobchalar ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Zapravkalar ishiga 20-yanvardan vaqtinchalik cheklov kiritilgandi.

Àêòóàëüíîå

Amir Temur xiyoboni ta’mirlash ishlari uchun vaqtincha yopiladi

Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni obodonlashtirish ishlari uchun 23-martdan 7-aprelga (shu kuni ham) qadar yopiladi. U sarkardaning 690 yilligi munosabati bilan qayta ochiladi. Maydon atrofida transport harakati cheklanmaydi, unga olib chiquvchi metro bekatlari yopiq bo‘ladi.