Íîâîñòè


O‘zbekiston Seyshel Respublikasi bilan hamkorlik bitimini imzoladi

O‘zbekiston va Seyshel Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Hujjat siyosiy muloqotni faollashtirish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va turizm sohalarida aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.

O‘zbekistonda ekologik zarar uchun jarimalar bir necha barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy javobgarlikni kuchaytirish reja qilinmoqda. Amaldagi jarimalar ko‘pincha yetkazilgan zararga nomutanosib, korxonalar qoidabuzarliklarni bartaraf etishdan ko‘ra jarima manfaatliroq sanagan. Sanksiyalarning yangi mexanizmi real zararni hisobga oladi.

Aprel oyi — suratlarda

Javohir Sindarovning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi, Amir Temur xiyobonining rekonstruksiyadan so‘ng ochilishi, O‘zbekistonning Milan dizayn haftaligidagi debyuti va hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatga qarshi petitsiya - Gazeta oyning asosiy kadrlarini jamladi.

YI Serbiya uchun barcha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi sud tizimidagi ortga chekinishlar tufayli Serbiya uchun barcha to‘lovlarni, jumladan, 1,5 mlrd yevrogacha bo‘lgan moliyaviy yordamni to‘xtatdi. YI bu qarorni demokratik islohotlarning sustlashuvi bilan izohladi, Kreml buni Belgradni Rossiyadan uzoqlashtirishga qaratilgan bosim sifatida baholagan.

Energetika vaziri moliyachi Otabek Bakirov ustidan shikoyat qildi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov moliyachi va bloger Otabek Bakirovning postlariga huquqiy baho berishni so‘rab huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qildi. Avval shunga o‘xshash ariza bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan edi, biroq prokuratura bu qarorni bekor qildi.

Pekinda dronlar sotilishi va olib kirilishi taqiqlandi

1-maydan Pekinda dronlar va ularning butlovchi qismlarini sotish, ijaraga berish hamda olib kirishni taqiqlovchi yangi qoidalar kuchga kiradi. Rasmiylar ushbu choralarni xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tushuntirmoqda.

O‘zbekiston va Chexiya tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish va Toshkent-Praga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda

Toshkentdagi muzokaralarda O‘zbekiston va Chexiya rahbarlari tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish, texnologik kooperatsiya dasturini, shu jumladan, geologiya va muhim xomashyo sohalarida tayyorlash, shuningdek, poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklashni kelishib oldilar.

Tramp va Putin telefon orqali gaplashdi

AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putin telefon orqali suhbatlashib, Ukrainadagi ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qildi. Putin 9-may kuni sulh e’lon qilishga tayyorligini bildirdi.

Prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili tayinlandi

G‘iyosiddin Rejabov O‘zbekiston prezidentining madaniyat masalalari bo‘yicha vakili etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident administratsiyasining Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti shu’ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekistonda 2026-yil oxirigacha 13 ta GES foydalanishga topshiriladi

O‘zbekistonda yil yakuniga qadar 13 ta gidroelektr stansiyani ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Ularning umumiy quvvati 114 megavattni tashkil etib, yiliga 537 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. Prezident mazkur loyiha taqdimoti bilan tanishdi.

Toshkentdagi omborxonalarning birida yong‘in yuz berdi

Poytaxtdagi “Gumbaz” qurilish mollari bozori yaqinida joylashgan omborxonada yong‘in chiqdi. Kuchli tutun uzoqdagi hududlardan ham ko‘ringan. Qutqaruvchilar yong‘inni taxminan 40 daqiqada o‘chirdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Ëó÷øåå

Toshkentda ayollar muallifligidagi kinolar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Dastur

Toshkentda zamonaviy ayollar kinosiga bag‘ishlangan Women Watch Uzbekistan Screenings festivali bo‘lib o‘tmoqda. Dasturdan Kann kinofestivali va Berlinalening so‘nggi ikki yildagi tanlovlarida namoyish etilgan filmlar, shuningdek, O‘zbekiston kinoijodkorlari uchun ma’ruzalar va mahorat darslari o‘rin olgan.

Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida 392 nafar shaxs afv etildi

Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida prezident 392 nafar mahkumni afv etishga oid farmon imzoladi. Ulardan 223 nafari jazodan butunlay ozod etildi, qolganlarining muddati yoki shartlari osonlashdi. Afv etilganlar orasida 3 nafarini xorijlik, 26 nafarini ayol va 166 nafarini yoshlar tashkil qiladi.

Àêòóàëüíîå