Xususiy klinikalarga transplantatsiyaga va budjet hisobidan xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlari davlat tibbiy sug‘urtasi doirasida budjet hisobidan xizmat ko‘rsata oladi. Shuningdek, akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy klinikalarga transplantatsiya amaliyotlarini o‘tkazishga ruxsat beriladi.



























