Íîâîñòè


JCh-2026: Chuqurroq nafas oling, oldinda — “Asteka”

Futbol bo‘yicha JCh roppa-rosa bir oydan so‘ng, ilk bor bir vaqtda uchta mamlakatda - AQSh, Kanada, Meksikada start oladi. Format ham yangi: odatdagidek 8 ta emas, 12 ta guruh. Gazeta o‘quvchilarni JChning har bir ishtirokchisi bilan tanishtirib boradi.

Hantavirus: nimalar sodir bo‘lmoqda va hozirgacha bizga nimalar ma’lum?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Andes hantavirusi bilan bog‘liq kruiz kemasidagi kasallik tarqalishini kuzatayotganini bildirdi. 8-may holatiga ko‘ra, sakkizta kasallanish va uchta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, olti holat laboratoriya orqali tasdiqlangan. Tashkilot kasallikka oid savollarga javob berdi.

Jizzax va Surxondaryo viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimiga yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Dilmurod Xudayshukurov Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, Oybek Ashurov esa Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘ldi.

Hafta davomida havo +38 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati ko‘tarilib, kunduzi +32…+35, janubda va cho‘l hududlarda +36…+38 darajagacha isiydi. Joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Kuvaytning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Turki Xolid Hamad al Mikraddan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. O‘zaro suhbatda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Namanganda yigit rashk tufayli unashtirilgan qizini pichoqlab o‘ldirdi

Kosonsoy tumanida 28 yoshli yigit 18 yoshli unashtirilgan qizini rashk tufayli pichoqlab o‘ldirdi. Tarqalgan videoda IIB xodimi janjalga qizning bitiruv oqshomi uchun ko‘ylagi sabab bo‘lganini aytgan va maktab ma’muriyatlarini qizlar bilan ishlashda hushyorlikka chaqirgan. Jinoiy ish ochilib, yigit ushlandi.

Test: G‘afur G‘ulomning asarlarini bilasizmi?

“Shum bola”, “Yodgor” qissalari, “Mening o‘g‘rigina bolam” singari hikoya va ko‘plab she’rlar muallifi G‘afur G‘ulom tavalludiga 10-mayda 123 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibining asarlari asosida test tayyorladi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida

O‘zbekiston prezidenti Moskvada G‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi. G‘alaba paradida Rossiya prezidenti bilan bir qatorda Belarus, Qozog‘iston, Laos, Malayziya va boshqa davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Rossiya va

Rossiya va Ukraina Trampning 9-maydan 11-mayga qadar sulh tuzish haqidagi taklifiga rozi bo‘ldi. Bu vaqt mobaynida tomonlar “1000 ga 1000” formulasi bo‘yicha asirlarni almashadi. Zelenskiy, shuningdek, 9-may kuni Moskvada parad o‘tkazishga ruxsat beruvchi kinoyali farmonni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga yetib bordi. Prezidentni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ertaga O‘zbekiston yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Ëó÷øåå

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

9-may kuni O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida, 10-mayda esa aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati shanbada +28…+33 daraja atrofida bo‘ladi, yakshanbadan +20…+25 darajagacha pasayadi. Joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ham mumkin.

Elektron retsept tizimi bekor qilinmaydi, u takomillashtiriladi

O‘zbekistonda dorilarni sotish bo‘yicha elektron retsept tizimi hukumatning amaldagi qarori asosida ishlashda davom etadi. SSV o‘zining 2025-yildagi buyrug‘ini bekor qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqdagi ma’lumotlar esa tizim to‘xtatiladi degan taxminlarga sabab bo‘ldi. Bu qonunchilikdagi “tozalash”, xolos.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekistonlik askarning jonini asrab qolgan britaniyalik oila mukofotlandi

Ikkinchi jahon urushi davrida Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqqan o‘zbek askari Boqijon Akramovga uyidan joy berib, uning hayotini saqlab qolgan Buyuk Britaniya fuqarolari - marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Prezident bu bo‘yicha farmon imzoladi.