“Biz havoga pul to‘layapmiz”. Toshkentdagi tadbirkorlar peshtaxtalar uchun to‘lovni bekor qilish va demontajni to‘xtatishni so‘ramoqda
Toshkentdagi tadbirkorlar axborot peshtaxtalari uchun to‘lovlarni bekor qilish va yangi dizayn kodga moslashish uchun vaqt berishni taklif qildi. Ularning ta’kidlashicha, amaldagi qoidalar katta xarajatlarni talab etmoqda, peshlavhalarni demontaj qilish esa biznesga zarar keltirmoqda.
























