Íîâîñòè


Shoir va tarjimon Qamchibek Kenja 80 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir va tarjimon Qamchibek Kenja 80 yoshida vafot etdi. U Pushkin, Bryusov kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan, qator nasriy va she’riy asarlar yozgan.

AQSh va Eron ikki haftalik sulhga kelishdi

Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh tuzilganini e’lon qildi. Buning asosiy sharti - Hurmuz bo‘g‘ozining zudlik bilan ochilishi. Tehron sulhga roziligini rasman tasdiqladi va mamlakat “buyuk g‘alabaga erishganini” hamda “jinoyatchi AQShni o‘zining 10 bandlik rejasini qabul qilishga majbur etganini” bayon qildi.

Namangan va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora olayotganida qo‘lga olindi

Namangan viloyatida tuman bosh arxitektori avtoyuvish shoxobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga pora olayotganida gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Farg‘ona viloyatida esa tuman bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari pul evaziga oliygohga o‘qishga kirishda yordam berishni va’da qilgani aytilmoqda.

Istanbulda Isroil konsulligiga qurolli hujum uyushtirildi

Istanbuldagi Isroil konsulligi binosiga bostirib kirishga uringan uch nafar qurolli shaxs politsiya bilan otishmada zararsizlantirildi. Turkiya IIV hujumchilar shaxsi aniqlangani va ulardan biri diniy ekstremistik tashkilotga aloqadorligini bildirdi. Hodisa oqibatida ikki politsiyachi jarohatlandi.

O‘zbekistonda pulli yo‘llar tariflari qanday belgilanadi?

O‘zbekistonda pulli yo‘llar tariflari masofa, hudud va transport turiga qarab belgilanadi, deya ma’lum qildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yo‘llar operatorlari yuqori talab yoki noqulay ob-havo sharoitida tariflarni o‘z xohishiga ko‘ra oshira olmaydi.

“Artemida II” missiyasi ekipaji Oyni aylanib chiqdi

“Artemida II” missiyasi astronavtlari Oy atrofida parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi va insonning Yerdan uzoqlashish masofasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. “Orion” kemasi Oyga taxminan 6400 kilometr masofagacha yaqinlashdi va yetti soat ichida Yer yo‘ldoshini aylanib o‘tdi.

Samarqandda “kar” haydovchini tahqirlaganlar qamaldi

Samarqandda eshitish qobiliyati zaif haydovchini tahqirlash aks etgan videoni suratga olganlar jazolandi. Aniqlanishicha, rulda aslida kar haydovchi bo‘lmagan, holat uyushtirilgan. Mashinani boshqargan yigitning haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. U 8 sutkaga, ikki yo‘lovchi 10 sutkaga qamaldi.

Reportaj: Haydovchilar naqdsiz to‘lov tizimi haqida nima deydi?

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab bir qator tovarlar va xizmatlar uchun naqd to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlandi. Xususan, yonilg‘i quyish shoxobchalarida ham ushbu tartib joriy etildi. Gazeta Toshkentdagi ayrim zapravkalarda bo‘lib, haydovchilarning yangi tartib yuzasidan fikrlariga qiziqdi. Reportaj.

Toshkent hokimligi poytaxt dizayn kodini taqdim etdi

Toshkent hokimligi poytaxt dizayn kodi loyihasini - shaharning yagona vizual qiyofasini shakllantirishga qaratilgan qoidalar tizimini taqdim etdi. Unda trotuarlar, yoritish, bekatlar, fasadlar va peshlavhalar uchun standartlar belgilangan.

Hafta davomida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

7−8-aprel kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati +13…+18 darajagacha pasayadi. 9−10-aprel kunlari ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.

Milliy dendrologiya bog‘ida 20 ming tup buta va 10 mingdan ortiq daraxt ekiladi

Ekologiya qo‘mitasi rahbari Aziz Abduhakimov yangi dendrologiya bog‘ida restoranlar va attraksionlar bo‘lmasligini bildirdi. Mutaxassislar Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Uzoq Sharq daraxtlaridan iborat aralash o‘rmon barpo etishni rejalashtirmoqda, u yerda o‘simliklar O‘zbekiston sharoitiga moslashtiriladi.

Toshkentda bozorning ikki qorovuli avtomobilini itlar ustiga haydadi

Tarmoqlarda ikki erkak avtomobilini itlar ustiga haydagani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBBga ko‘ra, ular Uchtepadagi bozorlardan birida qorovul bo‘lib ishlaydi. Holat bo‘yicha hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish moddasi bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi va hujjatlar sudga yuborildi.

Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari pora olishda gumonlanib ushlandi

Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari Isomiddin Ismanov pora olayotganda qo‘lga olindi. U fuqaro nomiga 20 sotix yer maydonini rasmiylashtirib, kelgusida ushbu joyda qurilish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan. Daryo xabariga ko‘ra, pora miqdori 50 ming dollar bo‘lgan.

Ëó÷øåå

Àêòóàëüíîå

Fevral oyida ob-havo qanday bo‘ladi? Gazeta prognozi

O‘zbekistonda fevral oyi ko‘p yillik kuzatuvlar bo‘yicha harorat kesimida me’yoriy va undan biroz yuqori, yog‘ingarchilik bo‘yicha vodiy va shimolning ayrim hududlarini hisobga olmasa, namroq o‘tishi kutilmoqda.