Íîâîñòè


O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi

O‘zbekiston-Afg‘oniston ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi. Qurilish materiallari, farmatsevtika, oziq-ovqat, to‘qimachilik, elektrotexnika kabi tarmoqlar qamrab olinadi. Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro savdo hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni kelishib oldi.

Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi

Taniqli jurnalist, yozuvchi va tarjimon Karim Bahriyev 63 yoshida vafot etdi. U qator gazeta va jurnallarda, xususan, “Hurriyat”ning bosh muharriri sifatida tanilgan, “So‘z erkinligi haqida so‘z”, “Haqiqat talabgorimiz” kabi kitoblar yozgan, “1984” va “Molhona” asarlarini tarjima qilgan.

Tramp Eron energetikasiga beriladigan zarbalarni yana ortga surdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning energetika obyektlariga beriladigan zarbalarni yana 10 kunga kechiktirganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu qarorni Eron hukumatining iltimosiga binoan hamda “juda yaxshi ketayotgan” muzokaralar fonida qabul qilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Buxoroga bordi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Buxoroga tashrif buyurdi. Davlat rahbarlari shaharning tarixiy obidalari va sanoat korxonalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 33 foizga oshdi

2026-yil boshida O‘zbekistonga sayyohlar oqimi uchdan bir baravarga oshdi: ikki oyda mamlakatga qariyb 1,77 mln xorijlik keldi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 441 ming kishiga ko‘p. Tashriflar soni bo‘yicha Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolari yetakchilik qilmoqda.

Ëó÷øåå

Yevropa Ittifoqi kirishda yangi ro‘yxatga olish tizimini joriy qildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida kirish/chiqishda yangi ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirildi - Entry/Exit System. U blok a’zosi bo‘lmagan mamlakatlarning qisqa muddatga tashrif buyurgan fuqarolari biometrik ma’lumotlarini to‘playdi va xorijga chiqish pasportlaridagi shtamplar o‘rnini bosadi.

Àêòóàëüíîå

Notarial harakatlarni videoaloqa orqali amalga oshirish mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonda endi notarial harakatlar videokonferensaloqa rejimida “E-notarius.uz” axborot portali hamda “Notarius” axborot tizimi orqali tasdiqlanadi. Notarial harakat taraflari joylashgan joyda boshqa shaxslarning bo‘lmasligi, ular joylashgan joy tinch, yorug‘ bo‘lishi va videotasvir tiniq ko‘rinishi shart.

O‘zbekistonda qaysi dorilar retseptsiz berilmoqda?

SSV retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘RVI simptomlari, allergiyau, vitaminlar va yaralarni parvarish qilish vositalari mavjud. Dorixonalardan dori (retsept bilan yoki retseptsiz) olish shartlari va qoidalarini Farmatsevtika agentligi saytidan topish mumkin.