Íîâîñòè


Jangovar san’at ustasi va kino afsonasi Chak Norris vafot etdi

Jangovar san’at ustasi, jangari filmlar yulduzi va g‘ayritabiiy kuch-qudrati haqida yuzlab internet-memlar yaratilgan Chak Norris vafot etdi. Bundan 10 kun avval o‘zining 86 yoshini nishonlayotgan vaqtda u shunday deb yozgandi: “Men qarimayapman. Shunchaki yangi bosqichga o‘tyapman”.

Toshkentda o‘qilgan Ramazon hayiti namozi — suratlarda

20-mart kuni O‘zbekistonda masjidlar tong sahardan ramazon hayiti namozini ado etish uchun kelgan musulmonlarga to‘ldi. Namoz o‘qib bo‘lingach odamlar yaqinlariga, oila a’zolariga turli shirinliklar, qaymoq, non, hadyalar olib uylari sari otlandi. Gazeta muxbiri Murod Yusuf bu tongni suratlarga muhrladi.

Foto: Toshkent Janubiy vokzalida avtomobillar kirishi uchun yo‘lak ochiladi

Tez kunda Toshkentning Janubiy vokzalida avtomobillar uchun kirish yo‘li ochiladi. Shu yerning o‘zida qo‘shimcha kutish zali ham qurilmoqda. O‘tgan yozda Shimoliy vokzalda shunday yo‘l ochilgandi. Bundan tashqari, Samarqand vokzalida ham avtomobillar uchun shunday kirish yo‘li tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston eng baxtli davlatlar reytingida 53-o‘rinda qoldi

World Happiness Report talqini bo‘yicha dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida O‘zbekiston 147 ta davlat ichida 53-o‘rinni saqlab qoldi. Finlyandiya yana eng baxtli mamlakat deb topildi, Afg‘oniston esa eng baxtsiz davlat sifatida qayd etildi.

Toshkentda isitish mavsumi 24-martdan bosqichma-bosqich yakunlanadi

Toshkent shahrida isitish mavsumi 24-martdan bosqichma-bosqich yakunlanadi. Poytaxt hokimligiga ko‘ra, ushbu qaror “ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda puxta o‘ylab” qabul qilingan. Bayram kunlari shahar xizmatlari kuchaytirilgan tartibda ishlaydi.

Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanadi

2026-yilda davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanadi. Prezident farmoni bilan tashkiliy qo‘mita tuzilib, Nukusda ilmiy konferensiya, xotira tadbirlari o‘tkazish, hujjatli film va kitob-albom tayyorlash belgilandi.

Bangkokdagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Bangkokda avtobus ishtirokidagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Yana uch nafar o‘zbekistonlik jarohat olgan va tibbiy yordamdan so‘ng uyiga javob berilgan. TIV holatni nazoratga olgan, marhum jasadini vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Ramazon oyi nega 29 kundan iborat bo‘ldi? Fatvo markazi tushuntirishi

Fatvo markazi Ramazon oyi nima uchun ba’zida 29 kundan iborat bo‘lishini tushuntirdi. “Ramazon oyi davomiyligi falakiy hodisalarga bog‘liq bo‘lib, uning 29 yoki 30 kun bo‘lishi - tabiiy holat. Oyning 29 kun bo‘lishi banda oladigan savobga ta’sir qilmaydi”, - deyiladi xabarda.

Maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi

O‘zbekistonda o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martda boshlanib, 28-martgacha davom etadi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. 20 va 28-martdagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorak hisobiga tig‘izlashtirilgan holda qo‘shib yuboriladi. 4-chorak 30-martga to‘g‘ri kelmoqda.

Prezident Samarqand viloyatida qariyb 7 mlrd dollarli 106 ta loyihaga start berdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifida qiymati qariyb 7 mlrd dollar bo‘lgan 106 ta loyihani ishga tushirish va qurilishini boshlashga start berdi. Loyihalar doirasida 18 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi, 13 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi va 700 mln dollarli eksport salohiyati shakllanishi kutilmoqda.

Davlat teatrlarida ochiq eshiklar haftaligi o‘tkaziladi. Dastur

21−27-mart kunlari O‘zbekistonning barcha davlat teatrlarida ochiq eshiklar haftaligi bo‘lib o‘tadi. Dasturdan spektakllar, jumladan, premeralar va konsertlar o‘rin olgan. Barcha namoyishlar bepul, kirish uchun teatr kassalaridan taklifnoma olish talab etiladi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi

Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga 290 tonnadan ziyod bo‘lgan insonparvarlik yordami yubordi. Yuk un, guruch, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, makaron, qandolat va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat.

Ëó÷øåå

O‘zbekistonda oktabrda ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda 2025-yilning oktabri mamlakatning katta qismida ko‘p yillik iqlimiy me’yordan sovuqroq va quruqroq, xususan, janubiy va vodiy viloyatlarida so‘nggi 30 yildagi oktabrlarga o‘xshash, shimolda esa sovuqroq o‘tishi kutilmoqda.

Kambag‘al oilalarga kredit ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi tasdiqlandi. Kreditlar noutbuk, tadbirkorlikni boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari hamda ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun ajratiladi.

Axborotning faqat o‘ziga qulay qismini berish — manipulyatsiya

O‘zbekistonda YTHlarda halok bo‘layotgan bolalar soni, ular qanday sharoitda, qaysi sabablar bilan o‘lgani bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni qidirib topish mushkul. Lekin bu YTHlar bo‘yicha ma’lumotlar hech qanday kesimsiz, faqat umumiy e’lon qilinishini anglatmaydi. Ba’zida qiziq istisnolar ham bo‘lib turar ekan.

Toshkentda arxitektorlar uchun ilk professional kviz bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Yosh arxitektorlar uyushmasi Shaharsoz mukofoti doirasida arxitektura va dizayn yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etgan birinchi kviz bo‘lib o‘tdi. Viktorinada 70 nafar talaba ishtirok etib, arxitektura, shaharsozlik va qurilishga oid savollarga javob berdi.

Àêòóàëüíîå

1-dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ma’lumotnoma ko‘rsatish talabi bekor qilinadi, seysmologik onlayn platforma ishga tushadi, iste’molchi murojaatlarini ko‘rib chiqishda yangi tizim joriy etiladi, ekologiya ma’lumotlari ochiq bo‘ladi - 1-dekabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlari Gazeta sharhida.

TDYUUda fakultet dekanlarini saylash amaliyoti joriy etiladi

Toshkent davlat yuridik universitetida fakultet dekanlari va departament boshliqlarini saylash amaliyoti joriy etiladi. Universitet katta kurs talabalarini davlat tashkilotlari, notariat va advokatlik tuzilmalariga ish yurituvchi, yuriskonsult yordamchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

O‘zbek-fransuz universitetiga qabul kelasi yildan boshlanadi

O‘zbek-fransuz universiteti 2026−2027 o‘quv yilidan talabalarni qabul qila boshlaydi. Universitetni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga shu yilning bahorida Parijda erishilgandi. Fransiya tomonidan to‘rtta universitetdan iborat konsorsium ishtirok etadi.

O‘zbekistonda O‘zbek-fransuz universiteti tashkil etiladi

O‘zbekistonda O‘zbek-fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi. Yangi oliygoh ikki davlat vazirliklari tomonidan muassislik asosida faoliyat ko‘rsatadi, Fransiya universitetlari konsorsiumi ta’lim jarayonini shakllantirishda ishtirok etadi.