Íîâîñòè


Termiz-Hayraton ko‘prigi fuqarolar harakati uchun ochildi

O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘lab turuvchi Termiz-Hayraton ko‘prigidagi fuqarolarni o‘tkazish punktlari 4 yildan so‘ng qayta ish boshladi. 2021-yildan beri fuqarolar Mazori Sharifga yetib borish Tojikiston orqali bir kunlik aylanma yo‘ldan foydalanishga majbur bo‘lib kelayotgandi.

Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi

2024-yilning dekabridan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Prezident uning oldiga 2026-yilda viloyatga 4,5 mlrd dollar xorijiy investitsiya olib kelish, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish kabi vazifalarni qo‘ydi.

Prezident Jizzaxdagi AES qurilishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Jizzaxga tashrifi chog‘ida atom elektr stansiyasi qurilishi uchastkasini tayyorlash va qurilish materiallarini mahalliylashtirish rejalari bilan tanishdi. Bo‘lajak zavod mutaxassislari va ularning oila a’zolari uchun 10 ming kishiga mo‘ljallangan monoshahar loyihasi ham taqdim etildi.

Islombek Ismoilov “Neftchi”ga bosh murabbiy bo‘ldi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasining sobiq murabbiyi Islombek Ismoilov Farg‘onaning “Neftchi” futbol klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Unga jamoa chempionligini saqlab qolish va OCHL elit bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifalari qo‘yildi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Prezident yo‘l-transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot kabi sohalardagi ishlar bilan tanishadi hamda xalq deputatlari kengashi sessiyasida ishtirok etadi.

Qozog‘istonda ichida 54 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus YHTga uchradi

Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida salonida yo‘lovchilar, jumladan, 54 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. Aqtobedagi Bosh konsulxona ularga zarar yetmaganini ma’lum qildi. Yo‘lovchilarga oziq-ovqat va boshpana berilgan, ular boshqa avtobusda mamlakatga qaytadi.

1-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Soliqlar nimalarga sarflanayotganini ko‘rish imkoniyati, tadbirkorlar uchun barcha xizmatlar jamlangan “Biznes hamroh” markazlari, mol-mulk va yer solig‘ini undirishning yangi usuli, “Navbahor” murabbiyiga aylangan Timur Kapadze va boshqalar - Gazeta’ning kunlik dayjestida.

Rage bait — Oksford lug‘ati 2025-yil so‘zini e’lon qildi

Ingliz tilining Oksford lug‘ati 2025-yilgi so‘z sifatida rage bait (reyjbeyt)ni tanlandi. “G‘azab xo‘ragi” ma’nosini anglatuvchi ibora provokatsion yoki haqoratli elementlardan foydalangan holda g‘azab yoki nafratni qo‘zg‘atish uchun maxsus yaratilgan onlayn kontentni anglatadi.

Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi

Mo‘ynoqdagi Orol dengizining qurigan tubida yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi. Unda olim va mutaxassislar sho‘rlangan tuproq unumdorligini tiklash, chidamli o‘simliklar o‘sishini kuzatish, qum ko‘chishi va changlanishni tahlil qilish kabilarni amalga oshiradi.

Namanganda chiqindidan elektr ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi

Chust tumanidagi 10 gektar yerda chiqindini yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi. Loyihaga China Everbright International kompaniyasi tomonidan 141,5 mln dollar investitsiya kiritilgan bo‘lib, korxona yiliga 227,5 mln kVt/soat elektr ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Toshkentda yo‘qolgan 14 yoshli o‘quvchi qidirilmoqda

Poytaxtning Yakkasaroy tumanida yo‘qolgan 14 yoshli o‘quvchi qidirilmoqda. Bola 29-noyabr kuni kechki payt uyidan mashg‘ulotga chiqib ketgan, ammo yetib bormagan, uyiga ham qaytmagan. Uni ko‘rgan va bilganlar 102 raqamiga murojaat qilishi so‘raladi.

Avtomobillarga ekologik stikerlar berish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar mahkamasi avtotransportlarni ekologik toifalarga ajratish hamda ekologik stikerlarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Unga ko‘ra, transport egasi ixtiyoriy ravishda ekologik stiker olish uchun YHXXga uning rasmiy veb-sayti yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Balida 10 kun nima qilish va nimalarni ko‘rish mumkin?

Indoneziyaning Bali oroliga safar uyushtirganda nimalar qilish mumkin? Uning turli hududlarida nimalarni ko‘rsa bo‘ladi? Va bunday sayohat qanchaga tushadi? Gazeta shu kabi savollarga javob izlab, katta yo‘lko‘rsatkich tayyorladi.

Ëó÷øåå

Vetnam hukumati Telegram`ni bloklashga qaror qildi

Vetnam hukumati Telegram`ni bloklamoqchi, bunga messenjer jinoiy ishlar doirasida foydalanuvchilar ma’lumotini hukumatga bermagani sabab qilib ko‘rsatildi. 10 mingga yaqin Telegram kanal va guruhning 68 foizi firibgarlik, giyohvand moddalar va terrorizm holatlari bilan shug‘ullangani taxmin qilinmoqda.

Yandex Go mijozlaridan yechib olingan ortiqcha mablag‘lar qaytarildi

Raqobat qo‘mitasi Toshkent va Qashqadaryoda Yandex Go taksi xizmati orqali fuqarolar hisobidan asossiz yechib olingan mablag‘lar qaytarilganini ma’lum qildi. Qo‘mitaga jamoat transportida yo‘lkira narxining oshirilgani va yangi avtomashinalardagi texnik nosozliklar yuzasidan ham murojaatlar kelib tushgan.

Toshkentning 5 ta tumanida 22-may kuni issiq suv o‘chishi mumkin

22-may kuni Toshkentning Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Shayxontohur tumanlarining bir qancha hududlarida soat 18:00 gacha issiq suv ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bunga IM-1 va IM-4 qozonxonalarida gaz ta’minoti to‘liq yoki qisman to‘xtatilishi sabab bo‘ladi.

Odam savdosi uchun jazo choralari kuchaytirildi

Endi O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda sodir etish 5 yildan 10 yilgacha (avval 5 yildan 8 yilgacha edi) ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lsa ayblanuvchini 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilandi.

21 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi

4 oyda davlat buyurtmachilari amalga oshirgan 21 mlrd so‘mlik 18 ta davlat xaridida qonun buzilish holatlari aniqlandi. O‘zaro affillangan shaxslar ishtiroki va qoidalarga zid baholash jarayonlari natijasida bir qator xaridlar bekor qilindi, hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etilmoqda

Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda Sudyalar oliy maktabi negizida Odil sudlov akademiyasi tashkil etilmoqda. U sudyalik lavozimlariga nomzodlarni o‘qitish, amaldagi sudyalar va sud xodimlarining malakasini oshirish, shuningdek, raqamlashtirilgan zamonaviy o‘qitish usullarini joriy qilish bilan shug‘ullanadi.