Íîâîñòè


Toshkentning to‘rt tomonida sun’iy ko‘llar tashkil etiladi

Toshkent shahrining sharq, g‘arb, shimol va janub qismlarida kamida 3 tadan sun’iy ko‘l va suv havzalari tashkil etiladi. Shahardagi favvoralar soni kamida 2 baravarga ko‘paytiriladi. Uzunligi 5 kmdan kam bo‘lmagan “Soyali sayr ko‘cha”lari paydo bo‘ladi.

Maishiy havo tozalash uskunalari bojxona bojidan ozod etiladi

Tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari O‘zbekiston hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi. RM 2.5 zarralari bilan ifloslanish manbalarini aniqlash uchun Atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga boradi

Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etishi hamda sanoat va ijtimoiy soha rivoji bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Toshkentda bahordan ariqlar tizimini tiklash boshlanadi — hokimlik

Toshkent hokimligi bahordan “ko‘p yillar davomida suv taqsimotini ta’minlab, qulay mikroiqlim yaratib kelgan” sug‘orish ariqlari tizimini qayta tiklashga kirishishini ma’lum qildi. Loyiha “infratuzilmani rivojlantirish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarning bir qismi” bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyatga doir yig‘ilish o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralarga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Ekonazoratni yaxshilash, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilish talablarini kuchaytirish, keng ko‘lamli obodonlashtirish, monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish choralari ishlab chiqilmoqda.

Gulistonga Xitoydan 52 ta Yutong avtobuslari keltirildi

Guliston shahri jamoat transporti uchun 52 dona Yutong rusumli avtobuslar olib kelindi. Shu tariqa yil boshidan shaharga olib kelingan avtobuslarning umumiy soni 72 taga yetdi. Shahardagi jamoat transporti harakat tarkibi to‘liq elektrobuslar bilan yangilandi.

Foto: Toshkent 24-noyabr sanasida

Toshkentdagi ob-havo sharoiti hamon ifloslanishning yuqori darajada saqlanib qolishiga hissa qo‘shmoqda. Shahardagi smog baland qavatlardan va Toshkent viloyati tog‘laridan yaqqol ko‘rinyapti. Aholiga sog‘lig‘ini himoya qilish uchun choralar ko‘rish tavsiya etiladi. Poytaxtning tonggi manzaralari - Gazeta fotoreportajida.

“Qarorlarni qabul qilishda bolalarning ishtiroki O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega, chunki mamlakatning har uchinchi fuqarosi — bola” — bolalar ombudsmani

O‘zbekistonda Butunjahon bolalar kunida diqqatga sazovor joylar moviy tus oldi, maktablarda ochiq dars o‘tkazildi, Senatda yosh faollar so‘zga chiqdi. “Bolalar huquqlarini himoyalash bir tashkilotninggina ishi bo‘lmasligi kerak”, - degan Shahnoza Mirziyoyeva xalqaro hamkorlarni ishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

“Neftchi” O‘zbekiston Superligasi chempioni bo‘ldi

Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi O‘zbekiston Superligasining 2025-yilgi mavsumi chempioni bo‘ldi. Farg‘onaliklar liga tugashiga 1 tur qolganda 4:1 hisobida “Qizilqum” ustidan g‘alaba qozonib, muddatdan avval chempionlikni kafolatladi. Jamoa oxirgi marta ligada 2001-yilda g‘olib bo‘lgan.

Ëó÷øåå

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 14 foiz darajasida qoldirdi. “Yalpi talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosibliklar hamda tashqi noaniqliklarning kuchayib borishi bilan bog‘liq xatarlar pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat’iy, joriy darajasida saqlab qolishni taqozo etmoqda”, - deya qayd etgan MB.

Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi

Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi. Fevral oyida u nafas yo‘llari infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan va bir oydan ko‘proq vaqtni kasalxonada o‘tkazgandi.

Àêòóàëüíîå

Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi

2025/2026 o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi. Qabul Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2025-yil 10-sentabrgacha (shu kuni ham) davom etadi. Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga hujjat topshirish mumkin.

Tramp va Putin 15-avgust kuni Alyaska shtatida uchrashadi

Donald Tramp Vladimir Putin bilan 15-avgust kuni AQShning Alyaska shtatida uchrashishini e’lon qildi. Kreml bu ma’lumotni tasdiqladi. “Bu, chamasi, murakkab jarayon bo‘ladi, ammo masala ustida faol ishlaymiz”, - dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Ushakov.