Shavkat Mirziyoyev Malayziyada Petronas bosh qarorgohida bo‘ldi
O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri bilan birgalikda Petronas korporatsiyasining bosh qarorgohi Twin Towers binosiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari, xususan, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdi. gazeta.uz »


