Uch yilda 960 mingdan ortiq ish. O‘zbekistonda biznes hisobraqamlarini bloklash tartibi o‘zgaradi
Senat tadbirkorlarning bank hisobraqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishning yangi tartibini ma’qulladi. Agar soliq to‘lovchi qoidabuzarlikni tan olsa va e’tiroz bildirmasa, qarorni soliq organining o‘zi qabul qila oladi. Nizo bo‘lganda esa cheklov faqat sud orqali mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »
