Agar hamkorlar xavfsizlikni ta’minlasa, Ukraina “saylovlarga tayyor” — Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy AQSh va yevropalik hamkorlar ovoz berish xavfsizligini ta’minlay olsa, mamlakatda ikki-uch oy ichida saylov o‘tkazishga tayyorligini aytdi. Shuningdek, u Kiyev ittifoqchilar bilan muhokama qilayotgan tinchlik rejasi “doimiy ravishda o‘zgarib turishi va bu normal holat” ekanini bildirdi. gazeta.uz »

