O‘zbekistonda uch oy ichida 80 ta uyushgan jinoiy guruh aniqlandi
O‘zbekistonda yanvar-mart oylarida 670 ta uyushgan jinoyatlar aniqlandi. Xususan, 80 ta uyushgan guruh fosh etilib, 211 nafar shaxs qo‘lga olindi. IIV vakiliga ko‘ra, 18 mingdan ortiq kiberjinoyat sodir etilgan bo‘lsa, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 4 mingta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


