Yanvardagi inflyatsiyaning 13 foizi go‘sht hissasiga to‘g‘ri keldi: prezident ozuqa bazasini kengaytirish topshirig‘ini berdi
Yanvarda yillik inflyatsiya 7,2% bo‘ldi, narxlar o‘sishining 13 foizi go‘sht mahsulotlariga to‘g‘ri keldi. Dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish hajmi qisqarishi va import keskin o‘sishi fonida prezident ozuqa ekinlari maydonini ko‘paytirish va chetdan yetkazib berishga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirish topshirig‘ini berdi.









