Qirg‘iziston parlamenti spikeri iste’foga chiqdi
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Turgunbek uulu iste’foga chiqishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, u bunday qarorni “bahs va shubhalarga o‘rin qolmasligi uchun” qabul qilgan. Turgunbek uulu lavozimini tark etishi haqidagi xabarlar MXDQ rahbari Qamchibek Tashiyev ishdan bo‘shatilganidan keyin paydo bo‘lgandi.






