Javohir Sindarov Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi. U finalda xitoylik grossmeyster Vey Yini mag‘lub etdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi. U finalda xitoylik grossmeyster Vey Yini mag‘lub etdi.
Markaziy Osiyo davlatlari muhim metallar bo‘yicha qo‘shma markaz yaratish ustida ishlamoqda, dedi geovazir o‘rinbosari Ural Yusupov. “MO-YI” iqtisodiy forumida ekspertlar geoma’lumotlarni to‘plash va boshqarish, tog‘-kon sanoatida jinoyatchilikning oldini olish masalalarini ham muhokama qildi.
Toshkent viloyati hokimi tandirda non pishirish saraton kasalligining oldini olishini aytgandi. Onkolog Yahyo Ziyayev Gazeta’ga izohida tandirda ishlash, aksincha, alohida onkorisklarni oshirishi mumkinligini ta’kidladi va asosiy isbotlangan omillarni sanab o‘tdi.
Gonkongdagi turar joy majmuasida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, kamida 14 kishi, jumladan, o‘t o‘chiruvchi halok bo‘ldi. Yana kamida 15 kishi jarohatlandi. Yong‘in majmuaning 32 qavatli sakkizta binosidan yettitasini qamrab oldi. Ayrimlar ichkarida qolib ketdi.
Sud Ekologiya qo‘mitasining da’vosi bo‘yicha Toshkent viloyatidagi Maxam-Chirchiq kimyo zavodi faoliyatini to‘xtatdi. Tekshiruvlar natijasida chang-gaz tozalash uskunalari samarasiz ishlayotgani, ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar ortiqcha chiqarilayotgani va boshqa qonunbuzarliklar aniqlandi.
Iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish uchun Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari zudlik bilan unumdorlikni oshirishi kerak, deyiladi Jahon banki hisobotida. Mintaqada unumdorlikning 10% o‘sishi qariyb 2 mln yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
В ответ на растущее давление на водные и земельные ресурсы Центральной Азии, усиление воздействия изменения климата, деградацию земель и такие актуальные проблемы, как засуха, реализуется новая крупная экологическая инициатива.
So‘nggi hafta havo ifloslanishi muammosini tan olish hamda uzoq kutilgan va shoshilinch qarorlar qabul qilish haftasi bo‘ldi. Hozir o‘zimiz - o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi munosabatlarda, davlat va jamiyat aloqalarida to‘g‘riso‘zlik va xatolarni tan olish jasorati har qachongidan ham muhim, deb yozadi Sabina Bakayeva.
Как отмечается в новом докладе Всемирного банка, который был опубликован 24 ноября, для ускорения экономического роста страны Европы и Центральной Азии (ЕЦА) должны срочно принять меры в целях более эффективного использования имеющихся экономических активов и осуществления инвестиций в развитие потенциала предприятий и населения.
Sud qarori bilan Navoiy shahridagi atmosferaga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxona va sexlar jarimaga tortilib, faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan “Navoiyazot”ga 2,5 mlrd so‘m, Sogda Kimyo Zavod`ga 7 mlrd so‘m miqdorda kompensatsiya qo‘llanilgani ma’lum qilindi.
AQShning Ukraina bo‘yicha 28 banddan iborat ilk tinchlik rejasiga Rossiya tomoni yuborgan hujjat asos bo‘lgan, deb yozmoqda Reuters. AQShning ko‘plab rasmiylari Ukraina rejani rad etishiga ishongan.
Urgut tumanida turistik-rekreatsion zona direksiyasini tashkil etish orqali 35 ming aholini band qilish rejalashtirilmoqda. Zarafshon tog‘ tizmasidagi “Qortog‘” zonasida 600 gektarlik turizm zonasi, “Qoratepa” suv ombori atrofida kemping va kapsula uylar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Yevropaning KU Leuven universiteti reniy tuzlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun gidrometallurgiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Prezident sanoatda eksport ulushi pastligi sabab Samarqanddagi tarmoq rahbarlari va hokimlarni tanqid qildi. Yil oxirigacha Mozori-Sharifda Tovar-xomashyo birjasi filiali ochib, Afg‘onistonga 100 turdagi mahalliy tovarlar eksportini yo‘lga qo‘yish, 2026-yilda Iroq bilan biznes forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Toshkent viloyati hokimligining boshqarma bosh mutaxassisi sheriklari bilan fuqarodan 7,3 mln dollar talab qilgani aniqlandi. Ular pulni 8,5 gektar yerni fuqaroga sotish va nomiga rasmiylashtirib berish evaziga so‘ragan, biroq 160 ming dollarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati Samarqand viloyatidagi Sariko‘l konida volfram majmuasini barpo etish ishlarini boshladi. Quvvati - yiliga 1 mln tonna ruda va 4000 tonna konsentrat. Kondan foydalanish muddati taxminan 20 yilga baholanmoqda.
Toshkentda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi joylashgan 1956-yilda qurilgan bino kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Boshlang‘ich bahosi - 58,6 mlrd so‘m. Qo‘mita Yangi Toshkentda yangi bino qurib berilganidan keyin, biroq uch yildan kechikmay, hozirgi binosini bo‘shatishi kerak.
Wildberries marketpleysi O‘zbekistonda o‘zining WB Taxi taksi xizmatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqichda platforma “yopiq klub” formatida ish boshlab, servis kompaniya xodimlari va hamkorlari orasida sinovdan o‘tkaziladi.
В Самарканде состоялось параллельное мероприятие на тему «Антилопа сайги: новые вызовы», организованное Национальным комитетом Республики Узбекистан по экологии и изменению климата совместно с Министерством экологии и природных ресурсов Республики Казахстан.
Iqlim o‘zgarishi oqibatlari O‘zbekistonda allaqachon sezilmoqda, deyiladi UNEP tomonidan e’lon qilingan yangi ekoatlasda. So‘nggi 60 yil ichida mamlakatda o‘rtacha yillik harorat 1,6 darajaga (dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravar yuqori) oshdi, bu esa qurg‘oqchilikning tez-tez sodir bo‘lishiga olib kelmoqda.
В ее задачах – постоянный анализ и мониторинг экологической ситуации в г. Ташкенте, прогнозирование тенденций ее ухудшения и она вправе ограничивать деятельность промышленных предприятий, транспорта, теплоснабжения.
Yangi Namangan tumanida “prava"si bo‘lmagan 18 yoshli haydovchi yo‘ldan o‘tayotgan YHXB xodimini urib ketdi. Navoiy viloyatidan Namanganga davolanish uchun borgan xodim voqea joyida halok bo‘ldi.
FIFA 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati qur’asi savatlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 3-savatdan o‘rin oldi.
2025/2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1320 ta davlat grantidan bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov ochildi. To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar 25-noyabrdan 4-dekabrgacha ro‘yxatdan o‘tib, 11-dekabrga qadar o‘tkaziladigan test sinovlarida qatnashishi mumkin.
Uyda yakka tartibda o‘qitiladigan o‘quvchilarni, shu jumladan, 1 xil yoshdagi va 1 ta manzildagi 2 va undan ortiq o‘quvchilarni o‘qitganlik uchun maktab o‘qituvchilariga BHMning 1 baravari miqdorida oylik yo‘l kompensatsiyasi to‘lanadi.
Toshkentda “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” uchinchi iqtisodiy forumi o‘tmoqda. Ishtirokchilar muhim xomashyo, yashil energetika va raqamli aloqa sohalarida hamkorlikni muhokama qilmoqda.
Poytaxt hokimligi qurilish chiqindilari boshqaruvi sohasida Britaniyaning UKEF agentligi bilan hamkorlik qiladi. Shartnoma 2026-yil 1-choragida imzolanishi kutilmoqda. U qurilish chiqindilari bilan ishlash sohasidagi infratuzilmani xalqaro standartlar bo‘yicha loyihalash, moliyalashtirish va qurishni o‘z ichiga oladi.
Также заработает новая информационная система «Шажара», позволяющая гражданам получать сведения о своей семейной родословной.
Jizzaxda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari 23-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. “O‘zatom” jamoatchilik vakillarini va barcha manfaatdor tomonlarni faol ishtirok etishga taklif qilmoqda.
2024-yilda 83 ming ayol-qiz qasddan o‘ldirilgan, ularning 60 foizi - 50 ming nafari o‘z yaqinlari qurboni bo‘ldi, deyiladi BMT hisobotida. Bu har 10 daqiqada bir nafar, bir kunda 137 nafar ayol-qiz o‘z yaqini tomonidan o‘ldirilyapti degani.
2026-yil 1-apreldan kartoshka chipslari uchun kilogrammiga 15 ming so‘m miqdorda aksiz solig‘ini joriy etilishi mumkin. Bu taklif Iqtisodiyot vazirligi tomonidan JSST va SSV tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.
В приоритетном порядке регистрируются лекарственные препараты, не имеющие аналогов, зарегистрированных в республике, орфанные лекарства, первый аналог оригинального лекарственного препарата.
Sud qarori bilan Navoiy shahridagi atmosferaga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxona va sexlar jarimaga tortilib, faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan “Navoiyazot”ga 2,5 mlrd so‘m, Sogda Kimyo Zavod`ga 7 mlrd so‘m miqdorda kompensatsiya qo‘llangani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Prezident farmoni bilan Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
С 26 по 28 ноября в Ташкенте, в выставочном комплексе «Узэкспоцентр», проходит крупнейшее международное событие в сфере сельского хозяйства — выставка AgroExpo Uzbekistan 2025. Данное мероприятие стало важной площадкой не только для местных фермеров и производителей, но и для представителей мирового агробизнеса.
Toshkent shahri va viloyatida issiqxonalarni tabiiy gazga o‘tkazish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish boshlandi. 68 ta issiqxonaga gaz yetkazib berilmoqda, yana 100 ta xo‘jalik bilan kelishuvlar tuzildi.
Агентство по управлению отходами и развитию циркулярной экономики в апреле–ноябре 2025 года провело оценку деятельности санитарных очистных предприятий на основе обновлённых критериев. По итогам проведённого мониторинга всего были оценены 105 санитарных очистных предприятий, из которых 41 отнесено к категории «зелёная», 53 — к «жёлтой» и 11 — к «красной».
Kamida 2028-yilgacha O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlari yillik inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda oshirib boriladi. Shu bilan birga, keyingi uch yilda Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan transfertlar qisqartirilishi rejalashtirilgan.
PM2,5 zarrachali havo aholi, xususan, homilador ayollar va bolalar uchun qanchalik xavfli? Undan qanday himoyalanish mumkin? Bu holat uzoq davom etsa, oqibati nima bo‘ladi? Gazeta shu kabi savollar asosida shifokorlar bilan suhbatlashib, tavsiyaviy qo‘llanma tayyorladi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 2022-yilgi saylovlardagi mag‘lubiyatdan keyin davlat to‘ntarishiga urinishga bosh-qosh bo‘lgani uchun 27 yillik qamoq jazosini o‘tashni boshladi. Mamlakat Oliy sudi avvalroq hukmni qat’iy deb topgan va apellyatsiyani rad etgandi.
На полях 20-й Конференции сторон Конвенции о международной торговле видами дикой фауны и флоры, находящимися под угрозой исчезновения (CITES CoP20) состоялось мероприятие, посвященное презентации Атласа экологических изменений Республики Узбекистан.
26 ноября 2025 года в Ташкенте состоялось третье заседание подкомиссии по сотрудничеству в области туризма в рамках межправительственной комиссии по экономическому сотрудничеству между Республикой Узбекистан и Российской Федерацией.
O‘zbekistonda O‘zbek-fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi. Yangi oliygoh ikki davlat vazirliklari tomonidan muassislik asosida faoliyat ko‘rsatadi, Fransiya universitetlari konsorsiumi ta’lim jarayonini shakllantirishda ishtirok etadi.
В Центре экономических исследований и реформ состоялась презентация результатов исследования по оценке многомерной детской бедности. Интеграция методологии ЮНИСЕФ в обследование бюджетов домохозяйств, позволила впервые оценить многомерную детскую бедность на национальном уровне.
По итогам первой четверти 2025–2026 учебного года более 1 185 308 учеников из 3064 школ Узбекистана сдали онлайн-СОЧи на образовательной платформе eMaktab. Для сравнения, в первой и второй четвертях прошлого учебного года онлайн-формат СОЧей применялся лишь в 168 школах.