Yangi Toshkent aeroporti O‘rta Chirchiq tumanida joylashishi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroportini O‘rta Chirchiq tumanida 1200 gektar maydonda qurish rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi Toshkent viloyati hokimi. Shuningdek, u Bekobod, Bekobod tumani, Bo‘ka va Piskent tumanlari, Nurafshon hamda Toshkentni bog‘laydigan temiryo‘l qurilishini boshlash rejasi haqida ham xabar berdi.







