Janubiy Koreya armiyasi olti yil ichida 20 foizga qisqardi, sabab — erkaklar soni kamaygan
Janubiy Koreya armiyasi so‘nggi olti yilda 20 foizga qisqarib, 450 ming askarga yetdi. Kamayish 2000-yillarning boshidan beri muntazam ravishda kuzatilmoqda. Holat majburiy xizmatga chaqirish yoshidagi erkaklar sonining keskin kamayishi bilan bog‘liq.



