Uzbekistan Airways`ning Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotida chaqaloq tug‘ildi
Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan reysida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi. Jarayonga yo‘lovchilar orasida bo‘lgan shifokor-akusher va jarroh o‘z yordamini ko‘rsatdi. Shu sababli ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘ndi.















