Как упаковать чемодан, чтобы уместить все
Собираетесь в отпуск и переживаете, что вещи не поместятся в чемодан? Это знакомо каждому путешественнику! Мы часто берем слишком много, а потом половину вещей так и не надеваем. Выбирая тур через bronix.
Собираетесь в отпуск и переживаете, что вещи не поместятся в чемодан? Это знакомо каждому путешественнику! Мы часто берем слишком много, а потом половину вещей так и не надеваем. Выбирая тур через bronix.
1-yanvardan O‘zbekistonda avvalroq xususiylashtirilgan eng yirik yonilg‘i quyish shoxobchalaridan bo‘lmish Carvon (UNG Petro) tarmog‘ida Ai-80 markali benzin 6900 so‘mdan 8150 so‘mgacha qimmatlashdi. Yillik hisobda narx deyarli 34 foizga oshdi.
O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilmoqda. Unga prezident maslahatchisi Sardor Umurzakov mas’ul bo‘ladi. Kengash davlat rahbariga mamlakat ichki va tashqi siyosati bo‘yicha takliflarni muntazam ravishda taqdim etib boradi.
2025-yilda “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida to‘xtab o‘tishni boshlaydi. Shuningdek, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on o‘rtasida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi iste’moli 200 kVt/soatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘m to‘lanishi bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda, deya xabar qildi Energetika vazirligi.
1-yanvardan Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqariladigan barcha turdagi neft mahsulotlari, jumladan, benzin faqat birjada “erkin raqobat muhitida” sotiladi, deya ma’lum qildi “O‘zbekneftgaz”.
O‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” - “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta qurilishdan so‘ng ochildi. U 2022-yilning noyabrida modernizatsiya ishlari sabab yopilgandi. Post yonida avtoturargoh qurildi, xalqaro yo‘nalishdagi avtotransportlar uchun elektron navbat tizimini yo‘lga qo‘yish ham kutilmoqda.
Sud apellyatsion instansiyasi metan-zapravka yopilgani haqidagi keskin nutqidan so‘ng 15 sutkaga qamalgan haydovchi G‘ayrat Do‘stovning hibs muddatini 8 sutkaga qisqartirdi va ozod qildi. Sudyaning qilgan ishidan pushaymonligi va holat janjalga arzishi haqidagi savoliga u “yo‘q, arzimaydi”, deb javob berdi.
С 5 марта 2025 года в России вступают в силу новые нормы законодательства, направленные на усиление государственного контроля за иностранными гражданами, нарушившими миграционные правила. Об этом сообщает ТАСС.
Toshkent shahrida 5-yanvar kuni Qurolli Kuchlar 33 yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari o‘tkaziladi. Parad “G‘alaba bog‘i”dan boshlanib, Magic City’gacha davom etadi. Soat 11:00 dan 13:00 gacha bir qator ko‘chalar yopiladi.
В 2023 году Министерству внутренних дел были переданы полномочия по лицензированию организаций, занимающихся подготовкой и переподготовкой водителей. Это решение позволило создать единую систему контроля за автошколами и улучшить качество обучения водителей.
Владимир Зеленский Жанубий Корея ракеталарини Украинанинг “Сапсан” оператив-тактик мажмуаси сифатида кўрсатди.
В частности, отменяется компенсация затрат экспортеров по транспортировке автомобильным, воздушным и железнодорожным транспортом.
В первый день нового 2025 года в Узбекистане родилось 1641 ребенок, включая почти 50 близнецов. Эту статистику новорожденных за 1 января 2025 года представила пресс-служба Министерства здравоохранения Узбекистана.
“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasida, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yaqinida qurilayotgan 25,5 gektar yer uchastkasi 522,7 mlrd so‘mga sotildi. Auksionda bitta taklifdan so‘ng Valid Trading g‘olib bo‘ldi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda ikkinchi va uchinchi AES qurilishini istisno qilmadi. “Men Qozog‘iston atom energetikasi rivojlangan davlatga aylanishi kerak, deb hisoblayman. Uning kelajagi porloq”, - dedi u.
Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu Yaqin Sharqni ostin-ustun qilgan 15 oylik urushning ehtimoliy yakuniga yo‘l ochishi mumkin. Tomonlar mahbuslarni tez orada ozod qilishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar orasiga kirib borgani bilan bog‘liq “terrorchilik harakati” munosabati bilan Jo Baydenga ta’ziya maktubi yubordi. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.
Эти карты предназначены как для оплаты различных услуг, так и для подтверждения статуса нуждающегося. О старте проекта в Янгиюле сообщила пресс-служба хокимията. Процесс оформления карт осуществляется через Национальное агентство социальной защиты, а их выдачей занимаются коммерческие банки – финансовые агенты системы «Социальная карта».
Qozog‘iston Energetika vazirligi qo‘shni davlatlar bilan narxlardagi tafovutni bartaraf etish va “kulrang” eksport xavfini minimallashtirish maqsadida benzin va dizel narxlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish rejalarini e’lon qildi.
Sud Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi kurashgan 22 yoshli o‘zbekistonlikni shartli jazoga hukm qildi. Ayblanuvchining aytishicha, u deportatsiya o‘rniga, shuningdek, moddiy ahvoli tufayli armiyaga qo‘shilishni tanlagan.
TIV rahbari Baxtiyor Saidov hamda YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha yangi tayinlangan oliy vakili Kaya Kallas o‘rtasida ilk telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bu yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo - YI sammitini intiqlik bilan kutayotganini alohida ta’kidladi.
Oktabr oyi oxirida sud Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi kurashgan o‘zbekistonlikni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 19 kundan keyin apellyatsiya sudi sog‘lig‘i va aybiga iqrorligini inobatga olib, uni ozod qildi.
Prezident 2025-yil uchun davlat budjeti ijrosini ta’minlashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Mahalliy budjetlar daromadini va mustaqilligini oshirish, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolish rejalashtirilmoqda.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tajriba tariqasida ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolarga ijtimoiy karta berila boshlandi. Loyiha 2025-yil yakunigacha butun respublika bo‘ylab tatbiq etiladi.
Акиф Марифли назначен директором Азербайджанского Культурного Центра имени Гейдара Алиева в Узбекистане. До этого назначения он занимал должность начальника отдела книжной индустрии Министерства культуры Азербайджана.
Hukumat qarori bilan gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi bo‘yicha texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat bilan gaz yoqilg‘isida ishlovchi apparatlarning ro‘yxati tasdiqlanmoqda.
Samarqandda aylanma yo‘llar orqali opiy olib o‘tgan uch Tojikiston fuqarosi va ularning o‘zbekistonlik sherigi ushlandi. Bekobodda ham o‘zbek-tojik chegarasi yaqinida kanalga oqizib yuborilgan yelim idishlar va sumkadan katta miqdorda narkotik topildi. Jami 111 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi.
Создан Координационный совет по организации деятельности аналитических и исследовательских структур.
Surxondaryo viloyatida avtomaktablarga litsenziya berilmayapti. Avtodromlarga qo‘yilgan yangi talablar sabab nomzodlarni imtihonlardan o‘tkazish ishlari to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan YHXXga senator so‘rovi yuborildi.
Qisqa muddatli ta’tilga chiqqan prezident, 1-fevraldan yana oshadigan poyezd chiptalari narxi, xususiylashtirilishi kechiktirilayotgan uchta davlat banki, SSVning metapnevmovirus bo‘yicha bayonoti va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Dala chetlari, shaxsiy tomorqalar, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldi va mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, urug‘ va ko‘chat tanlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
O‘zbekiston yuk tashishni soddalashtirish uchun Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) va uchinchi mamlakatlarning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilishi mumkin, dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Shuningdek, u savdo to‘siqlarini o‘zaro bartaraf etish bo‘yicha kelishuv ishlab chiqishni boshlashni taklif qildi.
1 января к исполнению обязанностей заместителя генерального секретаря Шанхайской организации сотрудничества приступил представитель Узбекистана Батыр Турсунов. Ему 50 лет. Он окончил Ташкентский государственный институт востоковедения и Институт философии и права имени И.
Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan reysida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi. Jarayonga yo‘lovchilar orasida bo‘lgan shifokor-akusher va jarroh o‘z yordamini ko‘rsatdi. Shu sababli ekipaj Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘ndi.
Для поддержки производителей сельскохозяйственной продукции, эффективно использующих края полей, будет бесплатно выдаваться внутренний фитосанитарный сертификат.
Qozog‘istonda korrupsionerlarga oid oshkora reyestr paydo bo‘ladi. Unga og‘ir va o‘ta og‘ir korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
В столице Бельгии прошла встреча делегации аналитических центров Узбекистана с генеральным директором Королевского института EGMONT Полем де Виттом, сообщает ИА «Дунё». На встрече от узбекской стороны приняли участие представители таких ведущих аналитических учреждений страны, как Центр экономических исследований и реформ (ЦЭИР), Международный институт Центральной Азии (МИЦА), Институт стратегических и межрегиональных исследований при главе нашего государства […] Сообщение Представители аналитических центров Узбекистана провели встречу с руководством Королевского института Бельгии появились сначала на Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 20 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov qishki transferlar oynasida Fransiyaning “Lans” klubini tark etishi mumkin. Unga Yevropaning yetakchi klublari, jumladan, “Manchester Siti” va “Real” qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi bilan muzokaralar hal qiluvchi bosqichda.
UzAuto Motors 16-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avvalgi shartnomalar bo‘yicha to‘lovi vaqtida amalga oshirilmagan avtomobillarga qayta shartnoma tuzadi.
Ekologiya vazirligi va BMTTD O‘zbekistonning biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy strategiyasini ishlab chiqish va G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimlarini tiklashni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini ishga tushirdi.
O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Kichik va o‘rta korxonalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash” loyihasi amalga oshiriladi. Buning uchun bank va Islom birdamligi taraqqiyot jamg‘armasi 40 mln dollar ajratadi.
В последнее время в социальных сетях активно обсуждают информацию о «крайне опасной» метапневмовирусной инфекции, сравнивая её с COVID-19 и утверждая, что смертность от нее даже выше. Сообщение Санэпидком опроверг слухи о «чрезвычайной опасности» метапневмовируса появились сначала на Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz.
Указом Президента утверждены очередные меры по обеспечению равных условий для предпринимателей и справедливой конкурентной среды.
Стало известно итоговое процентное соотношение поверхностных и подземных вод для расчета налога за пользование водными ресурсами за 2024 год.
С 10 по 12 января в Тунисе пройдёт престижный турнир Гран-при по фехтованию на саблях. В этом соревновании примут участие около 300 спортсменов из 37 стран мира, включая представителей сборной Узбекистана.
Для формирования здорового образа жизни и социально-духовной обстановки в махаллях в рамках программы трех старейшин прикрепят к пяти бедным семьям.
Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e’lon qilindi. Loyihaning birinchi bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etadi (Toshkentdan Angrengacha va Qamchiq dovoni).
Храниться изъятые активы будут на кошельках органов дознания и следствия.
MB asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida qoldirdi. “Energiya narxlari erkinlashtirilishi ta’siri kamayishi kutilayotganiga qaramasdan, inflyatsion kutilmalar yuqori darajada saqlanib qolayotgani pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat’iy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda”, - deya qayd etgan regulyator.
2024-yilda O‘zbekiston yana YTTBning Markaziy Osiyoda moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi davlatiga aylandi; bank yil davomida mamlakat iqtisodiyotiga 938 mln yevro sarmoya kiritdi. Mablag‘larning yarmidan ko‘pi yashil iqtisodiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
SSV OAVda e’lon qilinayotgan metapnevmovirus 2001-yildan beri dunyoda qayd etilgan mavsumiy kasallik ekanini ma’lum qildi. O‘RVI bilan kasallanganlarning 1,2 foizida infeksiya aniqlangan. U O‘RVI belgilari bilan o‘tadi, ba’zan bronxiolit va pnevmoniya chaqiradi, ko‘p hollarda asoratsiz o‘tib ketadi.
Nyu Yorkning markaziy ko‘chalarida tig‘iz vaqtlarda yo‘l haqi to‘lash joriy etildi. Hali AQShning hech bir shahrida bunday qoida kiritilmagandi. Manhettenga kirish narxi - kuniga 9 dollar. Shahar hukumati shu tariqa tirbandlikka qarshi kurashmoqchi va jamoat transportini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘moqchi.
В Ташкенте разгорелся скандал вокруг случая с двухмесячным ребенком, которому была проведена ампутация руки. Отец ребенка в соцсетях заявил о врачебной ошибке, приведшей к развитию гангрены и необходимости ампутации.
7-yanvarda O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib keladi, ko‘plab hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Hafta davomida kunduzgi harorat +5…+8 dan 0…-3 gacha o‘zgarib turadi.
Qozog‘iston hukumati kartoshka eksportini olti oyga chekladi. Qaror bu mahsulotning, xususan, O‘zbekistonga eksport hajmi oshishi va narxi keskin ko‘tarilishi fonida qabul qilindi. 11 oy ichida O‘zbekiston import qilgan kartoshkaning deyarli 75 foizi Qozog‘istondan olib kelingan.
Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi. Hujjat doirasida xavfsizlik va mudofaa, iqtisodiyot va demokratiya sohalarida hamkorlikni kengaytiradigan maxsus komissiya tuziladi. Armaniston ISHIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shiladi.
Dekabrda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 20 yoshli talabasi o‘zini 3-qavatdan tashlab og‘ir jarohat olgan. Biroq qiz tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan 5-yanvar kuni vafot etgan. Prokuratura holat shaxsiy muammolar sababli sodir bo‘lganini aniqlagan va jinoyat ishi ochish rad etilgan.
Har yili 1-yanvarda “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtning Yangi yil kutib olinganidan keyingi manzaralarini suratga olish uchun erta tongdan shahar kezadi. Bayram izlari qolgan hovlilar va kimsasiz maydonlar, kamyob o‘tkinchilaru jamoat transportidagi sanoqli yo‘lovchilar - Iskandar Mirzaahmedov obyektivida.
Qozog‘istonda “budjet inqirozi” fonida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 dan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda. Ayni vaqtda ish beruvchilarning ijtimoiy solig‘i va majburiy pensiya to‘lovlarini bekor qilish taklif qilinmoqda.
O‘zbekistonda qonuniylashtirilgan Binance, 100 grammlik oltin quymalari sotuvi, Toshkent jamoat transportini kutayotgan o‘zgarishlar, kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi bo‘ladigan 2025-yil va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Не ошибусь, если скажу, что всех коренных жителей Ташкента волнует судьба родного города. Кто-то уже смирился с постоянно происходящими с ним переменами, другие еще пытаются отстоять деревья, детские площадки, парки, на которые решили наложить лапу жадные до денег застройщики.
С 1 июля 2025 года эта деятельность будет осуществляться в порядке уведомления.
Samarqand viloyati va Toshkent shahrida 2025-yil 1-fevraldan sinov tariqasida kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi. Loyiha 1-maygacha butun respublika bo‘ylab tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
Tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi metapnevmovirusga chalingan bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarlar asossiz ekanini qayd etib, holatga izoh berdi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida kanalizatsiyadagi chiqindilarni tozalash maqsadida tushgan 2 nafar xodim undan chiqolmay qoldi. Quduq ichida suv ko‘payib ketgan va ulardan birining tobi qochgan.
Buxoro viloyatining Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan Cobalt haydovchisi to‘satdan harakatlanib, ulardan birini urib ketdi. Voqea yuzasidan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari orqali og‘irligi 100 gramm bo‘lgan oltin quymalar ham sotuvga chiqarilishini ma’lum qildi. Bungacha xaridorlarga 5, 10, 20, 50 grammlik quymalar taklif etilayotgandi.
Toshkent shahridagi avtobusda 2012-yilda tug‘ilgan qizga shilqimlik qilgan konduktorga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 43 yoshli erkak sudda qizning boshidan o‘pmoqchi bo‘lganini aytgan.
Toshkent sudi bar reklamasida yetti qizning keti va oyog‘iga urgan yigitni 5 sutkaga qamadi. U bar reklama uchun pul to‘lamaganini aytib, qilgan ishi qanday oqibatlarga olib kelishini tushunganini bildirdi va holat boshqa takrorlanmasligiga ishontirdi. Bar ma’muriyatiga nisbatan jazo belgilanmadi.
O‘zbekiston prezidenti Xitoy janubi-g‘arbidagi kuchli zilzila oqibatida yuzga yaqin inson halok bo‘lgani yuzasidan mamlakat raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. U qurbonlar oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tezroq shifo topishini tiladi.
Agar tergov va sudyalar bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni jinsiy zo‘ravonlik ko‘rinishidagi ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblasa, jinoyatni sodir etgan shaxslar jinoiy jazodan qutulib qolishi mumkin, deb yozdi Nemolchi.
Isroil va HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish va falastinlik mahbuslar evaziga isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga bag‘ishlangan kelishuvi uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda. 19-yanvardan harbiy harakatlar to‘xtatiladi.
Утверждено Положение о социальной карте Республики Узбекистан, регулирующее ее выпуск, обращение и использование, порядок приостановления и прекращения действия социальных карт.
Denov tumanida yupun kiyingan o‘quvchilar madaniyat bo‘limi topshirig‘i bilan sovuq ob-havoda ko‘prik ochilishiga jalb qilindi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha Madaniyat vazirligiga taqdimnoma kiritdi. Maktab direktorlariga “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llandi.
Namanganda fuqaro va uning onasini Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralari Haj va Umra ziyoratlari bilan bog‘liq yana 4 ta holatni aniqladi.
Nukus shahridagi FVVga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar 5 kishini pichoqladi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, qolganlariga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 845 nafari qiz, 796 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 22 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona (244), Samarqand (186) va Qashqadaryo (181) viloyatlarida tug‘ildi.
31-dekabr kuni Toshkent shahrida bir tasmada ketayotgan BMW, Lacetti, Cobalt, Matiz va Spark oldinma-ketin bir biriga urildi. Hech kim jarohat olmadi.
2024-yilda vafot etgan jamoat arbobi Kamola Mahmudova, bosh vazir o‘rinbosari Erkin Samandar, akademik Behzod Yo‘ldoshev, “Boysun madonnasi"ni chizgan Vladimir Burmakin, xalq artistlari To‘lqin Tojiyev va Shafoat Rahmatullayeva, xonanda Bobomurod Hamdamov, bastakor Musaxon Nurmatov va boshqalarni xotirlaymiz.
Toshkent viloyatidagi Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining bir qismida harakat 12-yanvargacha bir tomonlama tashkil etiladi.
Qanot Sharq aviakompaniyasi A320 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish tufayli yanvar-mart oylariga mo‘ljallangan 20 dan ortiq reysini to‘xtatadi. Ularning aksariyati O‘zbekiston shaharlaridan Moskva va Sankt-Peterburgga borib qaytish reyslaridir.
AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar to‘planib turgan joyga kirib bordi va kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohatlandi. Hujumda AQSh fuqarosi, armiya sobiq xizmatchisi gumonlanmoqda.
O‘zbekistonga yangi mobil qurilma olib kirishda endi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish kerak, aks holda qurilmani UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda boj to‘lashga to‘g‘ri keladi. Yangi talab 2024-yil boshidayoq joriy qilingandi.
O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, jumladan, elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlash hamda javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Shuningdek, moslamalarni respublika hududiga olib kirish yoki olib chiqishga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Buxoro - Moskva yo‘nalishidagi samolyoti Rossiya aeroportiga qo‘nish paytida dvigatellaridan biri ishdan chiqdi. Ekipaj zaruriy choralarni ko‘rib, havo kemasini muvaffaqiyatli qo‘ndirdi.
На открытии четвёртого сезона «Школы женщин-лидеров» Саида Мирзиёева отметила, что программа продолжает свою миссию по поддержке молодых и амбициозных женщин, которые стремятся стать лидерами в различных областях.
O‘zbekistonning yadro xavfsizligi shartnomalariga qo‘shilish rejalari, vazirlik va hokimliklarga ofis xarajatlarini qisqartirish topshirig‘i, bir mijoz uchun beriladigan kartalar sonini cheklagan MB, prezidentning Xitoydagi zilzila yuzasidan ta’ziyasi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-yanvardan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.
В социальных сетях некоторое время назад завирусилось видео, на котором боксер Шахрам Гиёсов борется с медведем. Этот инцидент вызвал возмущение общественности и привлек внимание властей. После этого боксер был оштрафован на 3 БРВ.
В результате проведённых реформ, узбекская авиация претерпела кардинальные изменения. Проведена реструктуризация компании, модернизация авиапарка, значительно улучшилось обслуживание пассажиров. Обо всём этом и других аспектах деятельности рассказало руководство компании на состоявшейся 28 января пресс-конференции в Ташкенте.
Toshkentdagi Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazilgani oqibatida tabiatga qariyb 700 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.
O‘zbekiston Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish doirasida AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarini xarid qilishni davom ettirmoqchi, dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari.
Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-iyuldan yuridik shaxslarga nisbatan yadroviy xavfsizlik talablarini buzganlik uchun jarimalar qo‘llanilishi joriy etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston to‘rtta xalqaro shartnomaga qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.
Dam olish kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-3 daraja, kunduzi +6…+11 daraja bo‘ladi.
AQSh Kongressi vitse-prezident Kamala Harris raisligida Donald Tramp g‘alaba qozongan prezidentlik saylovlari natijalarini tasdiqladi. Ovozlarni sertifikatlash rasmiyatchilik sanalsa-da, jarayon 2021-yilda Tramp tarafdorlarining Kapitoliyga bostirib kirishi bilan yodda qolgan.
Uzbekistan Airways bu yil 7 mln yo‘lovchi tashishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi kompaniya rahbari Shuxrat Xo‘doyqulov. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich har yili taxminan 1 millionga oshmoqda.
Gaz zapravkadan mas’ullarga yo‘llangan keskin murojaat muallifining 15 sutkaga qamalishi jamoatchilik tanqidiga va haydovchiga yordam berishga chorlovlarga sabab bo‘ldi. 3-yanvarda ish bo‘yicha apellyatsiya sudi o‘tishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” ishga doir ma’lumotlarni bir sahifaga jamladi.
Xitoyning DeepSeek startapi OpenAI`ning ChatGPT`sidan qolishmaydigan, ammo ishlab chiqarish narxi bir necha barobar arzonroq bo‘lgan sun’iy intellekt modelini yaratish orqali jahon fond bozorlariga ta’sir ko‘rsatdi.
HAMAS o‘z qo‘shinlarini G‘azo hududidan olib chiqib ketish va o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolash evaziga 34 nafar isroillikni ozod qilishga roziligini bildirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Qatarda tomonlar kelishuv bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklagan.
Toshloq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mast Damas haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaro va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda 71 yoshli erkak voqea joyida, bola esa shifoxonada vafot etdi.
Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi.
Buxoroning Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli yigit 17 mlrd so‘mlik (1,3 mln dollar) kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasida gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Yigit aybiga iqror bo‘lgani va tergovga yordam bergani uchun jinoyat ishi harakatdan tugatildi.
25, 26 и 27 февраля 2025 года Самарканд станет центром аграрного сотрудничества, проводя четвертую Международную сельскохозяйственную выставку AGROPRO EXPO. Мероприятие пройдет в современном выставочном центре SOF EXPO, предоставляя уникальную площадку для профессионалов аграрного сектора со всего мира.
23-dekabr kuni Bo‘stonliq tumanida 4 yoshli qiz onasining kaltaklashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgandi. Bola 15 kun o‘tib tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Oqqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli ayol 37 yoshli turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklanganidan so‘ng komaga tushib, vafot etdi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, kaltaklashda erning onasi va boshqa qarindoshi ham ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Объединенных Арабских Эмиратов Шейха Мухаммада бин Заида Аль Нахаяна 13-16 января посетит эту страну с официальным визитом.
Farg‘onada enaga zinadan yiqilib tushgan ikki yoshli qaramog‘idagi qizchani kasalxonaga olib bormadi. Bola og‘ir jarohat olgan. Xavf ostida qoldirish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Yanvar oxirida DXX va IIV keng ko‘lamli “Antiterror-tozalash” tadbirlarini o‘tkazdi. 418 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 169 kishi qamoqqa olindi, 42 ta jinoiy guruh fosh etildi, qidiruvdagi 109 kishi ushlandi.
Deputat Alisher Qodirov gaz zapravkadan mas’ullarga murojaat qilgan va keyinchalik “mayda bezorilik” sabab 15 sutkaga qamalgan fuqaroni tanqid qildi. “Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”, - deb yozgan deputat.
За несколько лет в Казахстане стало больше действующих совместных и иностранных предприятий с участием капитала из Узбекистана. По данным Бюро национальной статистики АСПиР РК, в начале октября текущего года в Казахстане числилось около 4,2 тыс.
O‘zbekistondagi 14 ta tibbiyot texnikumi 2025-yildan nemis standartlari asosida o‘qitishni boshlaydi, chunki, Migratsiya agentligiga ko‘ra, “Germaniya ish beruvchilari O‘zbekistondan to‘xtovsiz hamshiralar so‘rayapti”.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil yanvardagi tartibsizliklarga izoh berdi. “Voqealar mamlakatga hokimiyatni birlashtirish kerakligini va davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, balki yollanma menejer ekanini o‘rgatdi”, - dedi u.
Kotrina Kulbite O‘zbekistonning futbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi. Litvalik mutaxassis UEFA murabbiylarni o‘qitish bo‘yicha instruktori hisoblanadi. O‘FA murabbiy bilan ayollar Osiyo kubogida munosib ishtirok etish kabi masalalarni muhokama qildi.
Yakuniga yetgan 2024-yil ko‘plab muhim, quvonchli va ayanchli voqea-hodisalari bilan yodda qoldi. “Gazeta.uz” o‘tgan yil qanday kechganini fotosuratlar orqali xotirlashga taklif etadi.
Опубликован обновлённый перечень источников контента (материалов) в сети Интернет, признанных Верховным судом Республики Узбекистан религиозно-экстремистскими, террористическими и фундаменталистскими идеями.
UzAuto Motors 7-yanvar kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun yana kontraktatsiyani ochadi.
Tergovchilar ikkinchi urinishda Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yolni isyonchilikda ayblab hibsga oldi. Bu amaldagi, lekin hokimiyatdan chetlatilgan davlat rahbarining qo‘lga olinishidagi ilk holatdir.
Dushanba kuni Navoiy viloyati Tomdi tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekistonda “Ijtimoiy karta” tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha BAAdagi Oxinus Holding Limited kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Davlat organi ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 3 mln dollar sarmoya kiritmoqda.