Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
MB asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida qoldirdi. “Energiya narxlari erkinlashtirilishi ta’siri kamayishi kutilayotganiga qaramasdan, inflyatsion kutilmalar yuqori darajada saqlanib qolayotgani pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat’iy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda”, - deya qayd etgan regulyator.




















