Dzyudochi Umar Bozorov “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibi bo‘ldi
Tbilisida bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘zbekistonlik sportchi Umar Bozorov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U finalda fransiyalik raqibidan ustun kelgan. O‘zbekiston ushbu musobaqani 1 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. gazeta.uz »







