Toshkentdagi Shofayzi ko‘chasi 1-maygacha avtomobillar harakati uchun yopildi
Shayxontohur tumanidagi Shofayzi ko‘chasi 25-martdan 1-mayga qadar avtomobillar harakati uchun yopildi. Bu vaqt mobaynida hududda ta’mirlash ishlari olib borilib, ochiq kollektorlar yopiladi, avtomobil yo‘li, yashil hududlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etiladi. gazeta.uz »