O‘zbekiston aeroportlari yangi IKAO kodi oldi — UT o‘rniga UZ
2-oktabrdan O‘zbekiston aeroportlari uchun IKAO kodi o‘zgaradi - UT o‘rniga UZ’dan foydalaniladi (masalan, Toshkent kodi UTTT’dan UZTT’ga o‘zgaradi). Bundan tashqari, mamlakat havo hududi uchun yagona o‘tish balandligi (13 ming fut) va o‘tish esheloni (15 ming fut) joriy etiladi. gazeta.uz »
