O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 116 yoshida vafot etdi
O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo‘lgan qashqadaryolik Ro‘ziboy Sattorov 116 yoshida vafot etdi. Faxriy Stalingrad frontida o‘qchi bo‘lib xizmat qilgan. 2025-yilda uning orzusi - samolyotda parvoz qilish istagi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilgan.






