O‘zbekistonda ilk bor elektr ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tariflari ochiqlandi
Idoralararo tarif komissiyasi elektr energetikasining asosiy bo‘g‘inlari - ishlab chiqarishdan tortib taqsimlashgacha bo‘lgan yangi tariflarni tasdiqladi. 1 kVt/soat ishlab chiqarish qiymati 522 so‘mdan 1126 so‘mgacha, tarmoqlar orqali uzatish 98 so‘m, hududlarda taqsimlash esa 171 so‘mdan 410 so‘mgachani tashkil etadi.








