Prezident O‘zbekistonning maksimal darajada energiya mustaqilligini ta’minlashni topshirdi
Prezidentga neft-gaz sohasi holati hamda gaz zaxiralarining 25 foizini boshqarayotgan xususiy va xorijiy kompaniyalar faoliyati haqida axborot berildi. Shavkat Mirziyoyev ularning faoliyati samaradorligini qayta ko‘rib chiqish va O‘zbekistonning maksimal darajada energiya mustaqilligini ta’minlashni topshirdi.






