“3 qavatga ruxsat olib, 12 qavat qurmoqda”. Qodirov noqonuniy qurilish uchun javobgarlikni kuchaytirishga chaqirdi
Deputat Alisher Qodirov O‘zbekiston qurilish sohasida jiddiy korrupsiya xavflari va yirik pul oqimlari mavjudligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi qonunlar yetarlicha samarali emas, shu sababli quruvchi qoidalarni chetlab o‘tishga urinish katta zararga olib kelishini oldindan tushunishi kerak.
