Qurilish vaqtida kanalizatsiyaga shikast yetkazilishi oqibatida Salar kanaliga 64 ming metr kub chiqindi tushdi
Iyul oyi boshida Toshkentda qurilish kompaniyasi tomonidan kanalizatsiyaga shikast yetkazilishi oqibatida Salar kanaliga qariyb 64 ming metr kub suyuq chiqindi noqonuniy ravishda oqizildi. Bundan tashqari, tuproq ham ifloslangan. Kompaniya 2,22 mlrd so‘mdan ortiq tovon puli to‘lashi kerak.



