1
Toshkentda YPXning uchta mototsikli ishtirokida YTH yuz berdi: bir kishi halok bo‘ldi
Toshkentning Do‘rmon yo‘li ko‘chasida YPXning uchta patrul mototsikli va uchta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi. Avariyadan oldin ayrim yo‘nalishlardagi harakatni to‘xtatib turgan huquq-tartibot xodimlari tarqalgani va haydovchilar svetofor ishoralariga amal qila boshlaganini ko‘rish mumkin. Bir kishi halok bo‘ldi.