“Parda ortidagi barcha masalalarni muhokama qilib olamiz”. Lukashenko va Mirziyoyevning norasmiy uchrashuvi qanday kechdi?
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Minskda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Lukashenko asosiy uchrashuvlarda “ochiq va yopiq masalalar ham” muhokama qilinishini ta’kidladi. Mirziyoyev esa ushbu tashrifga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgani, O‘zbekistonning 230 ta kompaniyasi va tadbirkori birga kelganini bildirdi.






