“O‘zbekiston global ishbilarmonlar hamjamiyati uchun ishonchli va barqaror mamlakatdir” — prezident
Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida investorlar nega aynan O‘zbekistonni tanlashi kerakligi haqida gapirdi. U “kompetensiyalar, ishlab chiqarish va ishlanmalarni chuqur mahalliylashtirish”ni ustuvor yo‘nalishlar deb atadi, iqtisodiy o‘sishning bosh mezoni sifatida aholining hayot sifatini ko‘rsatdi.

