Toshkent aholisi 27-may kuni havo sifati yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirildi
27-may kuni g‘arbdan nam havo oqimlari Toshkent hududiga kirib kelishi oldidan havodagi chang miqdori qisqa muddatga ko‘tarilishi mumkin, deb ogohlantirmoqda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha maxsus komissiya.
