Kuvaytning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvaytning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Turki Xolid Hamad al Mikraddan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. O‘zaro suhbatda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

